O’zbekcha
1) Suv, sut, vanilin va shakar gazga qo’yiladi
2) Saryog’ solinadi va sekinlikda qo’zg’aladi
3) Unning hammasi birdaniga solinadi va tezda aralashtiriladi (Iloji bo’lsa yog’och qoshiq ishlating)
4) Aralashma pishib ketmasligi kerak, darrov olovdan olamiz
5) Tuhumlarni bittalab solib mxerda aralashtiramiz
6) Hamma tuhum aralashtirib bo’lgandan keyin silliq hamir chiqishi kerak (Rasm 6 ga qarang)
7) Nasadka to’g’ri, yani gulli bo’lmasa rasmdaqa silliq, bir tekisda chiqadi. Hamirni nasadkadan chiqarib 20 daqiqa chetga qo’yiladi
8) 1 ta tuhum sarig’iga 2 osh qoshiq sut aralashtirib, eclairlar ustiga surib chiqiladi
9) 200 Gradusda 30-32 daqiqa pishiriladi. Agar pechingizga tayoq, yoki yog’och hamir suyab qo’ygan holda pishirib olsangiz shunda eclairlar pasayib ketmaydi
Kremi
Eclairlar pishib chiqqandan keyin sovutishga qo’yiladi. Krem iloji bo’lsa bir kun oldin tayyorlanishi kerak. Men mana shu kremdan ishlatdim. Nasadkaga solib kremni eclair tagidan to’ldirib chiqasiz.
Bezagi
Men oq va qora(75 % Kakoli) shkolodli suv parida eritib eclairlarni shkolodga botirib chiqdim va ustiga malina, qora qarag’atlarni qo’yib quritishga qo’ydim. Hohlasangiz ustiga funduk yoki oddiy yong’oq maydalab sepib chiqasiz.