Home  >  Uncategorized  >  Bozorlikda tejash usullari.

Bozorlikda tejash usullari.

Bismillahir Rohmanir Rohim
Macaron rezepti mana bu erda: http://uzbekberry.de/50-pink-macarons-again/

Bilaman, bilaman, bu qiz  ha deb tejayveradi ekan deb ensangiz qotishi bu turgan gap. Tejash haqidagi boshqa maslahatlarimdan keyin bir o’quvchimdan hat oldim, unda shunday deyilgan: “Tejash sizga oson ko’rinsa kerak yoki siz Germanyada yashayotganingiz uchun shunaqa tejamkor bo’lib qolgansiz. Nemislarda raschyot borku, shunaqade. ha dip tejayverish joniz tegmaydimi?”
Tejash bu Germanyada yoki O’zbekistonda yashashga bog’liq emas. Hujayinim har doim menga :”Tejashni sen o’ylab chiqargansan shekilli. Seni Moliya Vaziri qilib tayinlash kerak.” deya hazillashadi, vaholanki hujayinim nemis, juda ochiq qo’l odam. Indamasam hatomtoyligini qo’ymaydi :)
Ayol kishi qancha tejamkor bo’lsa, bu oilaga, hujayin topgan pulga juda katta baraka olib keladi. Hullas bu safargi tejamkorlik sirlarim: Bozorlik qilishda qanday yo’llar bilan kam harajat lekin ko’p molga ega bo’lish mumkin?!

  • Hafta ichida 1 kunni bozorlik kun qilib belgilashni o’rganing va iloji bo’lsa har doim o’sha kuni bozorlik qiling. (Kunlar almashib ketib nechcha marta magazinga borganingiz yodingizdan chiqishi mumkin) Hafta ichida deganim boisi, bozorlik qiladiganlar kamdan-kam. Bemalol narh-navoni solishtirib, sale, reduction, rasprodajedagi oziq-ovqatlarni harid qila olasiz.
  •  Magazinga borganda o’zingizning, farzandingizning qornini to’qlab boring. Olimlarning aytishicha inson agar och qorin bilan magazinga borsa, to’q qorinlilarga ko’ra ko’proq harid qilar ekan. O’zim ham bu tajribani sinab ko’rganman. Qornim ochligida hamma narsa ko’zimga shirin va kam bo’lib ko’rinaveradi va natijada uyga kelib qarasam olgan narsalarimning ko’pi zarurlimas bo’lib chiqadi.

  • Bozorlikni albatta bir qog’ozga yozib oling. Bu juda ham muhim. Yozgan bozorligingiz chegarasidan chiqmasangiz pulingiz yahshigina tejaladi. Ba’zida bir kilo sabzi olaman deb kiramanu, qarabsiz bir kilo sabzi yoniga yana bir sumka narsa qo’shiladi. Bilaman, bu narsalarni keyinroq bo’lsayam ishlatishimiz mumkinu, lekin aslida nima kerakligini unutib, hozirga keraksiz narsalarni harid qilamiz. Natijada qachondir esimizdan chiqib harid qilgan konservamiz yoki boshqa masallig’imizning muddati o’tib qoladi.

  • Iloji bo’lsa bozorlikni magazinlar yopilishiga 2 soatlar qolganda qiling. Men ishimni deb bozorlikga faqat kechqurunlari borishni boshladim. Qarasam umuman yomon emas, muddati o’tishiga 3-4 kun qolgan mahsulotlarni yogurt, meva-sabzovot va gullarning narhini tushurib qo’yar ekan. Ayniqsa non-bulochka mahsulotlari sotiladigan joylar kechqurun 90 % arzonga berib yuboradi, chunki ular ertasiga yangi mahsulot yopishi kerak. (Olimlarning ta’kidlashicha muddati o’tgan mahsulotni 2-3 haftagacha ba’zida 1-2 oygacha tanavvul qilsa bo’lar ekan. Albatta bu mahsulot turiga qaraladi. Sut, go’sht mahsulotlari bu nazardan chetda.)

  • Magazinda u-bu joyi lat egan mahsulotlarni 50 % arzonga berishadi. Misol pochkasi ezilgan lekin ochilmagan sut, qatiq va boshqa hil mahsulotlar.

  • Supermarketlarda arzon mahsulotlar eng pastga terilgan bo’ladi. Bo’y teng qilib faqat “yahshi”, qimmat mahsulotlarni qo’yishadi. Qimmat mahsulot bu yahshi, arzon mahsulot bu yomoni degan emas. Shunday ekan, sal enkayib qarangiz kerakli mahsulotlarni boshqa, arzon turidagisi ham chiqadi.

  • Supermarketdan salafan, sumka sotib olmasdan uydan olib keling. Har bir bozorlikda sumka olaversangiz yig’ilib borib bir yilda ancha bo’lib qolar ekan va uyingiz ham salafanga to’lib ketadi.

  • Qilgan bozorliklaringizning paketlarini, qoplarini o’sha supermarketning o’zidyoq qoldiring. Sotib olgandan son’g, yani kassadan keyin bir burchakda mahsus stol va musor yashiklar turadi, o’sha erga hamma ortiqcha musor, qog’ozlarni qoldirsangiz bo’ladi, 5 minut vaqtingizni ham olmaydi. 


Tejagan pullaringizga oilangiz, turmush o’rtog’ingiz va farzandlaringiz bilan birgalikda biror bir sarguzasht tashkil qiling, yaqinlaringizni hursand qiling.


Salomatlik tilab

Geschrieben von Uzbekberry

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!