Home  >  Main Course  >  148. Fisch Gericht / Baliqdan taom

148. Fisch Gericht / Baliqdan taom

   Bismillahir Rohmanir Rohim
Unsere Hochzeit in Usbekistan
Teil 1.

Nach der standesamtlichen Heirat in Dänemark, haben wir in Usbekistan unsere wunderschöne Hochzeit nachgefeiert. Natürlich hat uns meine ganze Familie bei der Organisation unterstützt, sonst hätten wir es ohne sie gar nicht geschafft. Unsere Hochzeit war in meiner Stadt ein großes Highlight, weil ich eine der wenigen Personen bin, die einen „Ausländer“ geheiratet hat. Dem entsprechend waren die Erwartungen an den ausländischen Bräutigam sehr groß.

Aber so lange ich immer dabei bin, wird ganze so gemacht wie ich es mir wünsche. Natürlich hat mein Mann auch was zu sagen, aber wenn man sich auf Leute VorOrt verlässt, dann wollen die eine königliche Hochzeit. Nix da!!! Wir haben genau so gefeiert, wie normale usbekische Bürger feiern würden. 
Allerdings haben wir drei (3) Tage gefeiert!. 
1. Tag in Taschkent. Mitten in der Sommerhitze, im Juli.
In Taschkent waren wir nur zu viert. Mein Mann, mein Bruder, seine Schwägerin und ich. Das Abenteuer fing an! Mein Bruder hatte sich vorher nach einem Photografen erkundigt, aber die haben sehr viel Geld verlangt! Unverschämte 1.000 Dollar! Ich brauche zwei Monate harte Arbeit um das Geld zu verdienen! Ich gebe doch das Geld nicht innerhalb von 2-3 Stunden aus?! Nur für ein paar Photos?! Ich weiß, man heiratet einmal im Leben, zumindest ist das für die meisten so. Es müssen schon schöne Bilder entstehen. Wir haben lange überlegt. Wenn man selbst das Geld hart verdient, dann dreht man jeden Cent 10x um. Nach langer Überlegung haben wir entschieden eine gute, teuere Kamera in Deutschland zu kaufen. Nach der Hochzeit bleibt die Kamera für uns und wir können weitere schöne Bilder vom Urlaub, von meinen Kochkünsten oder von unserem Nachwuchs machen. Also der Photograf war sozusagen mein Bruder. (Er hat aber sehr schöne Bilder gemacht. Ich mag die Bilder wirklich, sie sind so natürlich, auch ohne Photoshop Nachbearbeitung.)
Mein Bruder hat sich außerdem nach einer Limousine erkündigt. 300 Dollar pro Stunde! Wo sind wir den hier?. Ich dachte alles ist nur in Europa teuer. Aber in Usbekistan?. Es ist mir echt ein Rätsel, wie die Leute das ganze bezahlen. Ich habe natürlich das Angebot nicht angenommen. Wir gehen lieber zu Fuß durch die Stadt oder mit öffentlichen Verkehrsmitteln, als 300 Dollar am Hals zu haben, für jede Stunde. Ich erzähle später, was ich mit dem ganzen gesparten Geld gemacht habe.
Also, früh Morgens bin ich aufgestanden und bin zum Schönheitssalon gegangen. Einen Tag vorher habe ich mich über Preise erkundigt und hart verhandelt. Mit meinem Verhandlungsgeschick haben sie mir für wenig Geld eine recht schöne Friseur und Make-up gemacht. Die Fingernägel habe ich mir selbst gemacht. Das Hochzeitskleid hatte ich in Deutschland schon vorher gekauft. Klar es hat ein kleines Vermögen, stolze 800 Euro gekostet. Ich weiß, für manche es ist viel Geld oder andere lachen sich darüber kaputt. Aber der Preis für die Hochzeitsausstattung war für Hochzeitskleid, inklusive Schmuck, Handschuhe, Schleier, weiße Handtasche und eine Hochzeitskrone. Wenn man alles Extra kauft, würde es wesentlich mehr kosten als gesamte Hochzeitskleid.)
Somit war ich gegen 10 Uhr fertig. Mein Mann hat sich bei meinem Bruder fertig gemacht und ist zu mir gekommen. Wir sind dann zum Blumenladen gegangen und haben weiße einzelne Rosen ausgesucht und ich habe dann einen einfachen, schönen Strauß daraus machen lassen. Dann sind wir mit meinem Bruder und seiner Schwägerin mit der Metro zur Stadt gefahren und haben an bekannten Plätzen überall schöne Bilder gemacht. Es war ziemlich heiß. Gegen Mittag wurde es unerträgliche 45-50 C° im Schatten heiß und jedes Mal sind wir schnell zur Metro gerannt um uns im Untergrund etwas abzukühlen. Ich glaube bis jetzt sind wir das einzige Hochzeitspaar, das überhaupt mit der Metro, mit der U-Bahn durch die Hauptstadt Taschkent gefahren sind. Die Sicherheitsleute haben gefragt ob wir ein Film drehen. Viele Mitfahrer in der U-Bahn waren „verwundert“ und haben aber doch heimlich Photos gemacht. Leider ist es in der U-Bahn nicht erlaubt Bilder zu machen. Aber mein Bruder hat heimlich zwei Bilder geschossen :)
Nach 8 Stunden waren wir ziemlich fertig und sehr hungrig. Den ganzen Tag hauptsächlich zu Fuß unterwegs und noch nichts gegessen!. Anschliessend sind wir zum Ulugbek-Park gegangen (vergleichbar mit dem Heide- oder Hansepark). Dort haben wir Hotdogs gekauft, Milch-Cocktails bestellt und das Ganze im Stehen genossen.
Gegen 17 Uhr waren wir alle sehr erschöpft. Ich glaube, vor allem von der Hitze. Danach hat mein Bruder eine Taxe angehalten und sind zu ihm nach Hause gefahren.
Das war unsere unglaubliche, unvergessliche, erste schöne Hochzeitsfeier in Taschkent. Später berichte ich von der Feier in Samarkand.
U-Bahn in Taschkent / Metro Tashkent :)
O’zbekistondagi to’yimiz. 
1 Qism.

Daniyada qahraton qishdan zagsdan o’tdik. Endi to’yni yozda qilamiz deya chilla paytiga O’zbekistonga uchdik. To’yimizni tashkillashtirishda oilamning yordami juda katta bo’ldi. Ularsiz, menimcha hech narsa qila olmagan bo’lar edik. Ho’jayinim chet-ellik bo’lgani uchun shahrimizda va qishlog’imizdan hammaning o’gzida men. Hamma to’yga, aytsak ham aytmasak ham kelish, chet ellik kuyovni ko’rish niyati bor. Shunga yarasha odamlar, qani chet ellik kuyovi to’yni qanday qilib berdi ekan deya poylab o’tirishi aniq. To’yimiz hech ham dab-dabali bo’lgani yo’q. Oddiy, boshqa to’ylardaqa qilib o’tqazdik. Toki bor ekanman, hech ham isrofgarchilikka yo’l qo’ymayman. Bu mening shahsiy fikrim. Boshqalarga tegib ketmasin. Hamma sharoitga qarab to’y qiladi va hammaning didi o’ziga yarasha.
To’yimizni 3 kun nishonladik. 
1. Kun Toshkentda. Jaziraman issiq. Iyul oyi.
Toshkentda to’y qilmadigu, shunchaki 4 kishi bo’lib rasmlarga tushib, aylandik. Hujayinim, akam, akamning qayinsinglisi va men.
Hullas, to’y boshlanishidan oldin akam photgraf, rasmchi haqida so’rab bildida menga habar berdi. Faqat 3-4 soat Toshkentda rasmga olish, 1 ta albom va disk 1000 Dollar!!! Tasavvur qilayapsizmi? Ming dollar?! Tepa sochim tikka bo’lib ketdi. Bilaman, to’y bir marta bo’ladigan narsa, rasmlar yahshi, chiroyli chiqish kerak. Lekin hamma narsaning chegarasi bor. Menimcha inson o’zi beli og’rib pul topsa, pul bilan boshqacha muomlada bo’lar ekan. Bir kunda, 3-4 soat ichida ming dollarni sunchaki sarflashni hech ham tasavvur qila olmas edim. Ho’jayinim bilan o’ylashib, maslahatlashib, shu pulga, yoki undanda kamrog’iga o’zimiz kamera olganimiz yahshi emasmi dedik. Magazinga borib eng so’nggi chiqqan, profesional kamerani harid qildik. Bu Kamerani to’ydan keyin ham sayohatga, yoki pishiriqlarimni suratga olishda, yoki farzandli bo’lsak, eng chiroyli onlarini rasmga olishga ishlatamiz. Toshkentni aylangan kunimiz akam rasmga, qayinsinglisi esa videoga olib yurdi.(To’g’risi akam olgan hamma rasmlar juda chiroyli hech qanday photoshop ishlovisiz tabiiy chiqqan.)
Keyingi muammo:  akam Limuzin gaplashamiz, chetdan kelgan kuyov, odamlar nima deb o’ylaydi dedi. 300 Dollar soatiga! Men Evropada hamma narsa qimmat desam o’zimizdan 2-3 baravari ekanku! Men shu erdan turib soatigamas, haftasiga 300 Dollar topmayman! Darrov Limuzinni otkaz qildim. Qolaverdsa odamlarning salbiy fikri nega menga halaqit bersin? Hamma har narsani o’zicha talqim va izoh qiladi.
Bilaman, juda tejamkor, o’ta qizg’anchiq deb o’ylashingiz turgan gap. Lekin hikoyalarimning ohirida barcha tejagan pullarni qayoqqa sarflaganimni albatta aytib o’taman.
Shunaqa qilib, ertalab uyqudan turib salonga bordim. Salonni bir kun oldin narhini kelishtirib, gaplashib kelgan edim. Tirnoqlarimni o’zim uyda qildim. Salonda sochimni va makiyajimni juda chiroyli qilishdi. Keyin o’sha erning o’zida oq ko’ylagimni kiydim. (Oq ko’ylagimni Germanyadan sotib oldim, bir Italiyalik dizaynerdan buyurtma berib olgan edim. 800 Evroga tushdi. Bilaman, bazilar uchun bu juda ko’p pul yoki bazilar yotib olib kulishi tayinli. Lekin ko’ylakning ichida oq qo’lqopi, sumkachasi, taqinchoqlari, karonasi, fatasi va tuflisi borligi sababli sotib oldim. Hammasini alohida sotib olsam yanada qimmatga tushib ketar ekanman.)
Soat 10 larga tayyor bo’ldim, ho’jayinim ham akamnikida kiyinib meni olib ketishga keldi. Salondan to’g’ri piyoda gul bozoriga o’tib oq atir gullardan oddiy, chiroyligina guldasta yasatdik. Keyin akam qo’lida kamera, qayinsinglisining qo’lida video kamera bilan Chilonzor metrosiga tushdik.
Butun Toshkentni piyoda va metroda aylandik. Metroda hamma shokka tushgan! Qorovul militsiyalar va ishchilari: “Birorta film olinayapti, yoki haqiqiy kelin-kuyovmisilar?” deb so’rashaverib holi jonimizga qo’ymadi. Menimcha hali Metro tarihida hech qaysi kelin-kuyov piyoda metoni aylanishmagan ko’rinadi. Shu damlari esga qolarli! Limuzin olganimizda 2 soatdan keyin tez-tez aylantirib, qaergadir tashlab 600 dollarni qurtday sanab olardiyu ketardi. Tashqarida obedga yaqin 45-50 Gradusga chiqib ketdiya. A metroning yana bir yahshi tarafi, issiqdan charchab pastga tushsak salqin. Mazza qilib u bekatdan bu bekatga salqinda yurdik.  Afsus Metroda, Bekatlarda rasmga tushish taqiqlangan ekan, metroning ichida akam yashirincha 2 ta rasmga oldi. (Tepadagi rasm)
8 soat piyoda alyanib hamma joyda rasmga tushdik. Ahiyri juda charchab och qolib Ulug’bek parkiga keldik. U parkda ham bir soatcha aylanib, hotdog va salqin koktail zakaz qildik. Turgan joyimizda hotdogni paqqos tushirdik, keyin sekin uyga qarab jo’nadik. Judayam charchaganligim sababli akam yo’lda moshina to’htatdi va uyga bir amallab etib oldik.
Hayotimizdagi eng unutulmas, bahtli kunimiz huddi o’zim orzuimdagidek bir umrga yodda qoladigan bo’lib o’tdi.
Keyingi retseptda to’yimizning 2 va 3 kuni haqida to’htab o’taman.

Zutaten/Masalliqlar:
für 2 Personen / 2 Kishilik uchun
2 Zwieblen (belibigen)/Piyoz (hohishingizga qarab, men bitta qizil va oqini ishlatidim)
1 grüne Blumenkohl/ 1 ta kichik boshli yashil gulkaram
0,5 kg Fisch, aller Arten/ Baliq, hohlagan turidan ishlatish mumkin
1 Handvoll salziger Erdnüsse/ 1 qisim sho’r eryong’oq
4 EL Ol zum braten/4 osh qoshiq yog’, qovurish uchun

Salz und Pfeffer/Tuz va murch

Zwiebeln schneiden/Piyoz to’g’raladi
Grüne Blumenkohl habe ich im heißes Wasser gewaschen/Yashil gul karamni qaynagan suvda maydalab yuvib oldim
Den Fisch habe ich grob, Mundgerecht geschnitten/Baliq katta katta qilib to’g’raladi. Aks holda maydasi judayam ezilib ketadi
Im Öl erst Zwieblen und danach die Erdnüsse braten/Yog’da birinchi piyoz keyin eryong’oq solinib qovuriladi
Dann kommt dazu der Kohl. Muss sehr gut unt ca. 4-5 Minuten gebraten werden/Karam solinib 4-5 minutcha qizdirib qovuriladi
Am Ende kommt der Fisch/Ohirida baliq solinadi va qovuriladi. Unchalik qattiq qo’zg’almasin, baliq tez pishadigani sababli ezilib ketishi mumkin.
Ich habe ihn mit Radischen Tomatensalat serviert/Dasturhonga rediskali va pomidorli salat bilan birgalikda tortdim.
Viola :) Yoqimli ishtaha!!!
Geschrieben von Uzbekberry

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!