Home  >  Maslahat  >  Vaqt

Vaqt

Hallo ihr lieben!

So, ich bin langsam, aber wieder da. Ich habe gemerkt, viele mich gefragt haben, was für eine Tortenform bzw. Backformen ich für meine Torten benutze. Hier ist/sind meine, was ich so benutze und die ich selsbt damit Erfahrungen gemacht habe.

Was jetzt ganz modern und renner sind die Backform mit dem Durchmesser 18 oder 16 cm. Diese Formen sind letzte Zeit sehr nachgefragt. Meine habe ich von Amazon bestellt.

Unten sind die Torten, welche ich mit dem Durchmesser 18cm gebacken habe.

Das Rezept findet ihr hier.

leyercake
Berry_cake

Assalomuy-aleykum qadrdonlar.

Bu safargi postim VAQT haqida bo’ladi.

Undan oldin ozgina ma’lumot tort qolipi haqida yozaying. Ko’pchilik qaysi kattalikda pishirishimni so’rashgan edi. Tort qoliplarim, ayniqsa keyingi vaqtda ishlatadiganlarim 18-16 cm diametrda. Tepeda rasmda ko’rssatilgan tortlar shu kattalikda pishirilgan. Retsept hohlovchilarga mana bu erga kiring.

Hammamizga ma’lumki, oilali, farzandli bo’lgandan keyin hammasiga ulgurish juda qiyin bo’lib qoladi va oqibatda kam uhlash, har hil kasalliklar, asabiylashishga olib keladi. Men do’htirlik qiliqmochi emasman, balkim o’z tajribalarim bilan bo’lishmoqchiman.

Vaqtdan qanday unumli foydalansa bo’ladi?

-UHLASH- bunga qancha vaqt sarflaysiz? Vaqtida uhlab, vaqtida turishga o’rganish kerak. Odam organizmiga umumiy olganda 7-8 soatlik uyqu (albatta hammada shahsan boshqacha) kerak bo’lar ekan. Shunda miya, tana dam oladi. Kam uyqusizlik charchoqqa va asabiylikka olib keladi. Hammasi ana o’sha muommodan boshlanadi.

-KIYINISH- ayniqsa, biz, honimlar ertalab turib nima kiysak ekan deb bosh qotiramiz. Eng yahshisi bolajonlar, ho’jayin va o’zingiz uchun kechasi yotishdan oldin ertaga kiyadigan kiyim kechaklarni tayyorlab qo’ying. Bunga vaqt ketsa eng ko’pi bilan 10-15 daqiqa ketadi holos.

-TAOM- bu ham biz uchun eng katta muommo, nima ovqat qilsam ekan deb juda bosh qotiramiz. Bunga ham ko’p vaqt sarflanadi. Yahshisi va foydalisi bu haftalik menyu. Ilji boricha yakshanba oila bilan birga o’tirib keladigan hafta uchun 7 kunlik menyu tuzib qo’yilsa ishingiz ancha engillashadi.

-IZLASH- hech e’tibor berganmisiz, eng ko’p vatni o’g’irlaydigan bu narsa, kalit, telefon, hujjatlarni izlash bo’ladi. Shuning uchun hamma narsaning o’z joyi bo’lishiga va o’sha joyga qo’yishga qattiq odatlaning: Kalit bitta tortmada turishi, hujjatlar bitta papkada turishi, qo’l-qop yoki shapka doim bitta joyga ilinishi, yoki telefon va zaryad qiladiganlar bitta qutida turishi, hamma hammasining o’z joyi va bolalarni qo’li etmaydigan bo’lishi kerak. Shunda nima qaerda ekanini bilasiz. Bu tartib oilada juda muhim.

-BOZORLIK- albatta busiz yashashning iloji yo’q. Vaqtdan unumli foydalanib ishda bo’lgan kunlaringiz tanaffusda tezda bozorlik qilsa bo’ladi. Buning uchun avval nimalar harid qilinishini bir qog’ozga tushirsangiz, shunda juda ko’p vaqt tejaysiz va ishingiz tez bitadi. Iloji bo’lsa bitta joyda harid qilishga o’rganing, chunki aynan o’sha joyni nima qaerda turishini yahshi bilasiz va magazinda chopib izlab yurmaysiz. Agar tanaffusda vaqt bo’lmasa unda kech ishni boshlaydiganlar, ishdan oldin bozorlik qilsa ham bo’ladi. Qish kunlari sovuqda produktlar yomon bo’lib qolmaydi, yani moshinangizda muzlatgichsiz ham yahshi turaveradi.

-SARANJOMLIK-bolali uyda bu katta muommo. Har doim ham uy saranjom turmaydi. Eng yahshisi tepada aytib o’tganimdek odatlanish kerak. Olgan narsani darrov joyiga qaytarib qo’yishni odat qilib olsa juda ko’p vaqt tejaladi va keyin uyni yig’ishtirganda ishingiz ancha engillashadi. Iloji bo’lsa uyni kechga, bolalar uhlaganda yig’ishtirishga surmangda, bolajonlar bilan birga yig’ishtirishga harakat qiling. Ular ham yordam berishni o’rgansin va boshlasin (Mening 1,5 yoshli farzandim halittan juda katta yordam beradi: ahlatni chelakka tashliydi, o’yinchoqlarini yig’ishtiradi, hullas ko’zga ko’rinmaydigan yordamdek tuyulsa men uchun uning hohishining o’zi juda katta engillik hisoblanadi). Bolajonlar qancha erta boshlasa keyinchalik shuncha tezda saranjonlikka o’rganadi. Hamma birgalikda yig’ishtirsa ko’p vaqt tejaysiz.

-TV- har bir oila kechqurun birgalikda televizor oldida dam olib hordiq chiqaradi. Agar birorta serialni har kuni ko’rish odatingiz bo’lsa bemalol ko’rishingiz mumkin. Lekin televizor ko’rayotganda kirlarni tahlash yoki dazmollaashga o’rgansak, qanchalik ko’p vaqtimizni tejardik?!

-KITOB- ko’pchilik ayollar, yani kitobni sevuvchilar, farzandli bo’lgandan keyin bu mashg’ulotga vaqti bo’lmay qoladi. Bu ajabnalarli holat emas. Sizga maslahatim: agar ishga poezd/metro/avtobusda qatnasangiz vaqtdan unumli foydalanib kitob o’qisangiz bo’ladi. Yoki ishdagi tanaffus vaqtida sevimli kitobingizning 10-15 varag’ini bemalol o’qib qo’yasiz. (Men emizilki vaqtimda bolamni emizayotganda sekin tepadan ushlab kitobni o’qir edim). Yoki kechasi uhlashdan oldin kitob o’qisangiz hamma charchoqlaringiz chiqadi, yahshi dam olasiz va tezda uhlaysiz ;)

-PLAN- bu vaqt tejashning eng katta usuli. Hamma ishlar plan bajarilsa shunaqa ko’p vaqt, pul va hammasidan ham asabni asraysiz. Birinchi o’rinda yillik plan qiling: 2017 yil qanaqa katta planlar bor? Uy olish, moshina olish, yoki vatanga sayohar qilish hakozolar. Keyin oylik plan: qaysi kuni qaerda uchrashuv bor. Qaysi biri muhim? Bolajonlarning mashg’ulotlari. Hamma hammasini kalendarga yozing. Haftalik plan eng muhimi: Dushanbadan yakshanbagacha bo’lganplanlar. Va nihoyat kunlik plan: qanaqa ishlar bajarilishi kerak va shart (gulga suv quyish, bozorlik qilish, bolalarni bog’chadan olish va hakozolar).

Tejalgan vaqtingizni oilangizga (uy yumishiga emas!!!), bolajonlaringizga, sportga va umuman o’zingiz sevgan mashg’ulotingizga ajrating. Vaqtdan unumli foydalaning, buning uchun boy yoki puli ko’p bo’lishi  shart emas. Chiroyli yashashga o’rganing, hammasini vaqtida bajarishga o’rganing.

Agarda postim yoqqan bo’lsa izohlaringizdan hursand bo’laman va sizda yanada vaqt tejash usullari bo’lsa bemalol bo’lishing, keyingi postimda sizning tajribangizni yozib o’taman.

Salomatlik tilab – UZBEKBERRY

Geschrieben von Gulshoda

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!