Home  >  Uncategorized  >  Ota-Onam, jannatim! Boshimdagi tojim, qanotim!

Ota-Onam, jannatim! Boshimdagi tojim, qanotim!

Ota-Ona! Qanchalik ko’p ma’noga mo’l so’z….

Farzandli bo’lganimizdan keyin hammamiz farzand tarbiyasi bilan shug’ullanishga tushib ketamiz. Ertadan-qora kech qadar farzandamiz bilan band bo’lamiz. Ota-Onamizni sal bo’lsada unutib qo’yar ekanmiz. Ularga bizning davlatimiz, sovg’a-salomimiz emas, balkim bir og’iz bo’lsada shirin so’zimiz kerakdur.

Otam-Onam… Sizlarday bo’lish nasib etarmikin? Oppoq sochlaringizning har bir tolasi bizning yahsh-yomon kunimiz, kam-ko’stimiz haqida qayg’urganingizni so’ylaydi. Kasal bo’lgan paytlarimizda tunlari mijja qoqmay qoshimizda o’tirgan onlaringizni so’ylaydi… “Bolam uyli-joyli bo’lib tinchib ketarmikin?!”, “Bolam farzandlik bo’larmikin?!” degan qayg’ularingizni so’zlaydi…

Dunyo topaman deb elib-yuguramiz. Mehmonlarni yahshi kutib olaylik deb qancha harakat qilamiz. Turmush o’rtog’imizni hursand qilishga harakat qilamiz. Dugona-do’stlardan kam bo’maslikka, ulardan o’zishga harakat qilamiz.  Hashamatli yashash harakatida ter to’kamiz. Lekin shu onda Ota-Onamiz kundan- kun qarib, so’lib borayotganini payqamaymiz. Oppoq sochlariga yanada bittalab oq tola qo’shilayotganini payqamaymiz. Yuzlaridagi ajinlari yana bittaga ko’payayotganini esdan chiqarar ekanmiz. Hom sut emgan bandamiz deb bekorga aytishmas ekan.

Ota-Onam! Yana qancha yashaydi, buni faqat yaratgan egam biladi. O’tib ketsalar orqasidan dod deb qolamiz. Tirikligida qilolmagan e’tiborni dunyoni tark etgandan keyin yig’lab-siqtab qilishga tushamiz: Janozasini bor pulimizni sochib tanimagan odamlarimizni chaqirib osh beramiz. Onam haqqiga duo qiling deb tanimagan etti-yot kimsalardan so’raymiz. Qabriga tirikigida olib kelmagan gullarni qo’yamiz, hammanikidan katta, chiroyli bo’lgan toshlarni qo’yishga harakat qilamiz. Vaholangki tirikligidagi e’tibor shunchaki bir og’iz shirin so’zdan, bir piyola issiq choydan va yonlarida o’tirib bir soatgina suhbatimizdan iborat ekanini hech ham payqamaymiz.

Otam-Onam! Jannatimiz ekanini unutib qo’yamiz. O’ng va chap qanotimiz ekanini unutib qo’yamiz. Boshimizdagi tojimiz ekanini unutib qo’yamiz. Shular qilgan duo bizni bir umrga asrab yurishini unutib qo’yamiz.

Otam-Onam! Yorimiz bizga hiyonat qilishsa, ular sodiq turadi. Ularga suyanamiz. Do’stimiz bizni yakson qilsa, ular yonimizda turishadi. Ularga suyanamiz. Hayot zarbalariga duch kelib, engolmay qolsak, ular yonimizda turishadi. Ularga suyanamiz. Butun borliq sizdan yuz o’girsa, ular yoningizdan jilmaydi. Ularga suyanamiz….

Otam-Onam! Bor bo’linglar! Suyanchig’imiz bo’linglar! Qanotimiz bo’linglar! Duolaringizga ko’milib yuraylik.

 

(Ko’nglim sirlaridan)

IMG_8464
Geschrieben von Gulshoda

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!