Home  >  Ota-Onam, iymonlarim, ka’ba tillolarim!

Ota-Onam, iymonlarim, ka’ba tillolarim!

  Bismillahir Rohmanir Rohim
Qalb quyoshlarim.

Qalb quyoshlarim.

Otam-Onam. Birinchi muhabbatlarim, ko’z ochib ko’rgan insonlarim! Sizlar haqingizda qancha ko’p gapirsam, shuncha kamlik qilar ekan. Ota-onam: hech qachon farzandlariga hiyonat qilmas ekan, hech qachon tashlab ketmas ekan, hech qachon yuz o’girmas ekan! Do’st deymizu, lekin haqiqiy do’st bu onamiz ekan. Onajonim har doim aytadilar: “Bolam, bir tanang do’st, bir onang!” Shu gaplari qanchalik haqiqat ekanligini mana ulg’aygan sari bilib borayapman. Do’st o’z yo’liga, ona esa bir umrlik yo’ldoshimiz. Onam- pokizam, jannatim, iymonim mening! 6 ta farzandni tug’ib, oq yuvib-oq tarab katta qilganingizga ming rahmat! Otajonim, g’animatim. Bahtimizga sog’ bo’ling ilohim! Otam-Onam. Har safar borsam, yonlaridan jilmay o’tiraman. Qaerga yo’l olishsa men ham birga yuraman. Huddi yosh boladek, onasi hozir qaergadir ketib qoladigandek, etagidan mahkam ushlab o’tiraman. Ollohimga beadad shukrlar bo’lsin, shuncha yahshi kunlarga etqazdi.

Nikohdan so'ng, Otajonimdan oq fotiha oldim

Nikohdan so’ng, Otajonimdan oq fotiha oldim

Turmushimdan oldin: “Otajon, nemis millatiga mos bir yigit sovchi qo’ymoqchi, nima deysiz?” desam, Otajonim: “Bolam, yashaydigan sen. Agar u yigitning vijdoni toja bo’lsa, iymoni bo’lsa, seni yahshi ko’rib ardoqlasa, qaysi ota yo’q deydi? Odamlarning gapidan o’ylanma, qo’rqma, bolam, bahtni senga hech kim shunday berib qo’ymaydi, unga faqatgini o’zing o’z kuchung bilan erishasan.” deganlarida, boshim ko’kga etgan edi. Har qaysi ota-ona farzandiga yahshilik so’raydi va faqatgina bahtini tilaydi ekan.

Qishlog'imda

Qishlog’imda

Menga husnda, mahoratda, chaqqonlikda, tejamkorlikda, mehribonlikda, soddalikda va ish bilarmonlikda Onamdek namunali inson yo’q. Har bir ishni onamdan maslahat olib qilaman. Har doim onam aytgani to’g’ri chiqadi. Agar onam hohlamasalar, demak u ishning keti yahshilikka olib bormaydi. “Onam, qaerdan bilasiz, shuncha narsalarni?” desam, sodda dilim, “Bolam, mendek bo’lsang, nasib, sen ham ko’p narsalarni o’qimasdan bilasan.” deydilar.
Dunyoda hamma narsa topiladi, lekin ota-ona topilmas ekan. Yoshligimda bu tushunchalar meni umuman qiziqtirmas edi. Lekin yoshim ulg’aygan sari bu tushunchalarning qanchalik haq ekanligini anglab etayapman.

Yagona kuyovlari :)

Yagona kuyovlari :)

Shukrlar bo’lsin, yahshi insonga turmushga chiqqanman. Uyni sog’inayapman desam darrov bilet olib meni hursand qilib turadi. Ota-Onam yoniga borsam, kechalari bilan uhlamay hangoma qilib chiqamiz. 
Onam, Otam, mehr quyoshlarim. Ilohim sizdek turmush yo’lini menga ham bersin. Sizlardek yahshi niyat bilan tumrushga qadam qo’ydik, sizlardek hamma to’sqinlikni engib o’tib, sizlardek yahshi hayot kechiraylik. Sizlardek ohirdan suyuntirsin. Duolaringiz bizni har doim qo’llab quvvatlaydilar. Duogo’ylarim mening. Har doim mehrlari g’il-g’il yog’ilib turadi.

Hali siz haqingizda ko’p hikoyat bitaman, nasib. Har bir olayotgan nafasangiz ila yozaman, nasib.
Sizlarni chin dildan sevuvchi qizingiz: 

uz2

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!