Home  >  Uncategorized  >  Ho’sh Feruza Jumaniyozovaga nima bo’pti?!

Ho’sh Feruza Jumaniyozovaga nima bo’pti?!

Bismillahir Rohmanir Rohim

Ikki kishi urushib qolibdi. Shunda birinchisi ikkinchisiga debdi: “Sen g’irt ahmoqsan!” Ikkinchisi bo’lsa javob qaytaribdi: “Sen esa semizsan! Baqaloq!”, shunda birinchisi debdi: “Menku ozib olaman, senchi?” Mana shu mavzuga tog’ri keladigan kinoya bo’ldida.

To’g’risi internet olamidagi mana shu rasmga bo’lgan izohlarni  (salbiylarini) ko’rib juda hayron qoldim va qarab tura olmadim. Bir savol tug’iladi: Ba’zi birovlarga hunuk, salbiy fikrlar va salbiy energiyalar qaerdan kelar ekan? Insonda shunaqa salbiy qarashlar qanday paydo bo’lar ekan? Atrof muhit ta’sirimi, tabiatdan shundaymi yoki oiladagi, yoshlikda bo’lgan voqealar ta’sirimikan?!
Agar biron bir yomon ayol, erkak, qotil, o’g’ri yoki past odamlar haqida bildirgan fikrlar bo’lsa, gap yo’q, men ham shunaqa fikrlar bildirishdan toymagan bo’lar edim. Lekin yaqinda tuqqan va shu natijasida semirgan ayol haqida qanday qilib “oy ujasssssss”, “tolstyushka”, “onasiga o’hshabti” , “bo’g’irsoq” degan ihozlar bilan ko’mib tashlash mumkin?! (Jasur Hamroev, shuni ham aytib o’tishim kerak: Ming afsus, sizga umuman qoil qolmadim!)
Men Feruza Jumaniyozovaning muhlisi emasman, yoki uni shahsan ham tanimayman. Uning mening mp3 da boshqa qo’shiqchilar qatorida oshib borsa 5-6 ta quvnoq qo’shiqlari bor. Ularniyam bo’lsa faqat yugurishga chiqqanda tinglayman. Mening bu erdagi fikrim oddiy: AYOLDAN AYOLGA!!!

Rasm: www.shov-shuv.uz

O’zimizning onalarimizga qaraylik, uyda 4 yoki 5 yoki 7 chi farzandlardan bo’lamiz. Shuncha farzandni dunyoga keltirishning o’zi bo’lmaydi. O’sha vaqtlar Otahonlarimiz Onahonlarimizni qanday bo’lsa shunday sevishgan! Hozir esa, erim yurib ketmasin deb bolayam qolib, tuqqandan darrov parhezlarga o’tiriladi. Erim yurib ketmasin deb jonnini jabborga berib har hil amallarni tajriba qilishadi. Avvalambor, tuqqandan keyin sal dam olish kerak. 9 oy farzand ko’tarib yurishning o’zi bo’lmaydi, undan tashqari har hil garmonlar o’zgaradi. 
Feruza to’g’ri qiladi, sekin sekin o’ziga ham kelib oladi. Balkim sport-fitnessdan ko’ra o’sha vaqtini farzandiga bag’ishlayotgandir?!
“Ko’prikning ikki tomoni bor” degan naqidaga amal qilib, birovlarning shahsiyatiga tegishdan avval chuqur o’ylab ko’riladi. Feruza farzand ko’ra olmaganligi sababli balkim har hil garmonlar bilan davolangandir?! (Ishonavering, men uni juda yahshi his qilayapman) Farzand bo’lmasa, ayol kishi nimalarga tayyor bo’lmaydi? Mayli bo’qaloqmi, semizmi, kabanga o’hshasam ham bittayu bitta tug’ib olsam qaniydi deydi. Uning ko’nglida nima his kechganligini qaerdan bilamiz?
Garmon juda yomon narsa, tanaga juda ta’siri katta! Afsus, bazilarimiz shu garmonsiz farzand ko’rishimiz qiyin kechadi. Bizga husn, latofat, yoki boshqa erkaklarga yoqishdan ko’ra shu garmon orqali, yomon ta’sir ko’rsatsada, FARZAND ma’qul!! Garmon olgan ta’na o’ziga kelishi juda qiyin, bu degani ancha vaqt ketadi. Garmon tanaga o’tirdimi juda katta kuch va sabr bilan uni engish mumkin. Lekin qachondir tana baribir o’z ahvoliga qaytadi. Men shifokor yoki mutahasis emasman, lekin tajribam ancha-muncha bor!

Ayol kishi o’zini qo’yib yuborsin demayman. Nafaqat eri yoki ko’cha uchun, balkim avvalambor o’zi uchun sport bilan shug’ullanishi kerak. Har hil parhezlar yoki shunga mos dori-darmonlardan ko’ra har kuni kam bo’lsayam yahshi ko’rgan sporti bilan shug’ullanishi kerak. Shundagina tana sog’lom bo’ladi.

Boshqalarga qanday qilib ozish yo’llarini o’rgatib, hunuk izohlar bilan toshbo’ron qilishdan oldin o’zimiz ham sport bilan shug’ullanaylik. Deyishganku: “Sog’lom tanda sog’lom aql.” Balkim tanamiz sog’lom bo’lsa, bazi bir nosog’lom fikrlarni bildirishga hojat qolmas :)

Peace to the World!

Geschrieben von Uzbekberry

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!