Home  >  Farzand dog’i

Farzand dog’i

 Bismillahir Rohmanir Rohim

Farzand dog'iU menga qarab jilmayadi, lekin yuragi yig’laydi…..
Men o’yinchoq beshikka qarab qo’yaman, ho’rsinaman, ichimni it tirnaydi, lekin bildirmay unga qarab tabassum hadya qilaman…..

Tovba, hayot juda murakkab. Ba’zida o’ylanib qolaman, hayotda odamning taqdiri nimaga qarab belgilanar ekan? Qanday o’lchanadi ekan? Hammaning o’ziga yarasha muammolari bor. Hammada dard bor. Dard bilan dardda farq bormikan?! Birovning yuragi og’risi, kimdir kambag’alligidan noliydi, boshqa esa farzandsizlikdan yig’laydi, boshqa kimsalar bo’lsa ota-ona mehriga to’ya olmay armondan yig’laydi. Yana birovlar bo’lsa ham kambag’allikdan, ham befabzandsizlikdan ham nosog’lomlikdan yig’laydi. Nega shunaqa?!

Yoshligimda palonchining kelini ajrab ketib qolibdi, farzand palon yil bo’lmagan ekan degan gaplarni va g’iybatlarni eshitsam, unchalik parvo ham qilmas, u haqida ko’p bosh ham qotirmas edim. Yoshim ulg’aydi, turmushga chiqdim, sevimli yorim bor, mana yillar o’tayaptiki farzandga zor bo’lgan onlarimda boshim qotadi. Nahotki hammaga baht o’lchab berilsa? Nahotki butun bahtning o’zi yo’q bo’lsa deya ko’zimga yosh olaman….
9-Sinfni o’qishga shaharga keldim, Ota-Onam dom olishdida meni shaharda o’qitishdi. Shu domda bir qo’shnimiz, er-hotin, Mahbuba va Bahrom akalar (ismlarini o’zgartirtdim) yashashar edi. O’sha paytlari turmush qurganiga 10 yil bo’lishgan, farzandsiz edi. Ayoli tikuvchi, eri esa bozorda turar edi. Ko’pincha u-bu narsalar tiktirishga uyiga kirib o’tirib qolsam, dardini aytib yig’lar, farzanga, bir tirnoqqa zorligini qayta-qayta takidlab yig’lar edi. Men bo’lsa nima deb yupatishni bilmay judayam qiynalar edim va iloji boricha bir nimalar deb g’o’ndirab yupatganday bo’lar edim. Lekin 9-sinf, hali turmush ko’rmagan, farzand haqida bir tomchi bo’lsada o’ylab ko’rmagan qizdan qanday yupanch kutgan bo’lar edingiz? O’sha paytlari bu dardning qanchalik katta ekanligini hech ham his qilmagan ekanman. Onam har doim aytadi: “Bolam, befarzandlikning oti qursin. Qani qo’lingdan kelsa bitta tirnog’ini ham yasay olmaysan.” 

Ha, qolimizdan deyarli hamma narsa keladi: qurol yasaymiz, raketa yasaymiz, boshqa planetalarga uchamiz, ikki kontinent orasi bir qadam, eng qimmat moshinalarda yuramiz, dunyo bo’ylab sayohat qilamiz, eng sara ovqatlarni eymiz, eng qimmat baho taqinchoqlarni taqamiz, kayf suramiz…..lekin farzandga kelganda bitta tirnog’ini yasay olamizmi?! 

O’sha qo’shnilarimiz 12 yil birga yashashdi, bormagan joyi, ko’rinmagan shifokori qolmadi. Ohiri professorlar tashhis qo’yibdi: ikkisining nimasidar bir-biriga to’g’ri kelmaydi va hech qachon farzand birga ko’ra olmaydi, agar boshqa bilan turmush qursa, farzandli bo’lib ketishadi ekan.
Hayot nega yovuz? Ikkisi bir-birini eru-ko’kga ishonmay sevadi, nahotki bitta tirnoqni Olloh shulardan qizg’ansa? Ikkovi ajrashishga qaror qildi va ajrashib o’z yo’llaridan ketishdi. Olloh karomatini qarangni yillar o’tib ikkisi ham boshqa-boshqa insonlar bilan turmush qurishibdi va ikkovi ham farzandli bo’lishibdi.

Shularni o’ylar ekanman, yuragim uvushadi. Nahotki bir kun kelib bizga ham shunday shart qo’yilsa? Hujayinimni tanlaymanmi yoki farzandnimi? Hammaning fikri har hil. Lekin ko’pchilik farzandni tanlagan bo’lardi. Farzandsiz hayot hayot emas. Lekin ba’zida umuman ilojingiz bo’lmasa demak shu hayotni ham guldek yashab o’tqazishga harakat qilasiz ekan. Bir umrlik deya niyat qilib qurgan turmush shunchalik buzulib ketishi oson bo’lmasa kerak. Ko’z ochib ko’rgan inson,  bir yostiqdosh bo’lgan umr yo’ldosh bilan yillar yashab, keyin qanday hech narsa bo’lmagandek boshqa bilan yashab ketilar ekan? Bu hol og’irmi yoki hammasiga ko’nikib ketsa bo’ladimi?!

Har kun ora kechalari uyg’onib ketaman, oyoq uchida yostiqdoshimga bildirmay honadan chiqaman, zalga kirman. Zalni qorong’ulik bosgan, huddi ichimdagidek. Chiroqni yoqmay, sekin divanga o’tiamandan Olloh bilan suhbatlashman:”Yo, yolg’iz egam! Nima qildimki meni shunchalar qiynaysan, jazolaysan yoki sinaysan?! Bormisan yo yo’qmisan? Bor bo’lsang, borligingni isbotla! Sendan boylik emas faqat Farzand, faqat tirnoq so’rayman! Hammaga bergan mukofotingni nega bizdan ayaysan?! Yo shunchalik yomon ona bo’lamanmi?!!” deyaman va jimjitlikda, qorong’ulikda yig’layman. Hona huddi yuragimdek qorog’u. Ovozimni chiqarmay yig’layman, hujayinim turib qolmasin deya labimni tishlab, ichimdan ho’rsinib-ho’rsinib yig’layman. Yuragim sal bo’shashadi va yotoqhonaga oyoq uchida kiramanda, hujayinim uyg’onib qolishidan qo’rqib sekin borib joyimga yotaman va ko’zimda yoshim bilan uhlab qolaman……

Ba’zi kunlarda hujayinim uyga keladi va yuzida tabassum, lekin yuragi qon. Sekin kelib, meni uhlayapti deb o’ylab vannahonaga kiradi, ichidan qulflab oladida soatlat o’sha erda o’tiradi. Men esa oyoq uchida yurib borib eshikdan quloq solishga harakat qilaman. U bo’lsa erda o’tirib yumsiz yig’laydi….ba’zida ho’rsinib qoyadida yana yiglaydi. Men esa suyanib eshikning bu ortidan yumsiz yig’layman. Ikkimiz ham bir-birimizga bildirmaslikka harakat qilamiz. Hujayinim sekin turadida yuzlarini yuvadi…meni bilmasin deydi. Men bo’lsa darrov oyoq uchida tez yurib joyimga borib chappa qarab yotaman, ko’z yoshlarimni artaman, ahir hujayinim bilib qolmasin deyman…
Bir-birimizni sevamiz, bir-birimizni avaylaymiz, bir-birimizga yig’imizni ko’rsatmaslikka harakat qilamiz.

Qattiq ishonaman, Olloh albatta ertami-kechmi, bizni o’z marhamatidan ayamaydi. Ahir shifokorlar hech ham o’ylanmanglar deb qayta-qayta tayinlashdiku!

U menga qarab jilmayadi, lekin yuragi yig’laydi…..
Men o’yinchoq beshikka qarab qo’yaman, ho’rsinaman, ichimni it tirnaydi, lekin bildirmay unga qarab tabassum hadya qilaman…..

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!