Home  >  Uncategorized  >  Energiyani tejash to’g’risida maslahat.

Energiyani tejash to’g’risida maslahat.

Bismillahir Rohmanir Rohim
Bild/Rasm: www.haubau-ratgeber.de

Eng ko’p sarflanadigan energiya bu kundalik hayotda ishlatadigan enegrgiya hisoblanar ekan. Qay darajada tejamkorlik bilan yo’l tutasiz? Yoshligimizda, Onajonim, “Tokni sug’ur, svetni o’chir, kamroq televizor ko’ringlar.” deya nolisa, jahlimiz chiqardi va tushunmas edik. Mana katta bo’lib, hamma o’zi oila qurib, mehnat qilib topgan pulga judayam boshqacha qarar ekan. Bu mavzuning yoritishim sababi oddiy: Shunchaki uyda oddiy yo’l bilan ancha energiya sarflash yo’llarini, sirlarini sizlar bilan baham ko’rish.
Nafaqat energiyani tejash, balkim ona tabiatni oz bo’lsada qutqarishga hissamizni qo’shsak yomon bo’lmaydi.

Qani ketdik :)

  • Derazalaringizni sovuq bo’lganda qattiqroq yoping, yoki orqsidan klyonka qoplang. Honaga sovuq kirib tursa, isitgich moslamangizni (atapleniya) beihtiyor ravishda yuqoriga ko’tarasiz va natijada keragidan ham ortiq energiya sarflaysiz.
  • Ishlatmayotgan honangizning chiroqlarini doim o’chirib yuring. Har bir honaga, iloji bo’lsa, energiyani tejaydigan chiroq o’rnating.
  • Iloji boricha venteliyator ishlatmaslikka harakat qiling.
  • Batareya to’ldirishga qo’ygan apparatingizni to’lib bo’lgandan so’ng butunlay to’kdan chiqarib qo’ying. Bia’zida telefonni to’ldirib, telefonning o’zini zaryadchikdan olamizda, zaryadchikni shunday to’kka tiqilgan holda qoldiramiz. Bunga ham o’zimiz bilmagan holda energiya sarflaymiz.
  • “Stand by” degan qoidaga umuman amal qilmang! Men uydagi bor apparatlarni uhlashdan oldin, yoki uyni tark etishdan oldin o’chirib chiqaman.
  • Oshhonada tokli pechkangiz bo’lsa, bu juda katta miqdorda energiyani eyishi aniq. Lekin ba’zi bir usullar bilan ham tejab, ham oiladagilarni hursand qilsak bo’ladi. Misol: Tokli pechda biror bir ovqatni pishirib, pishishiga 10 minut qolganda o’chirib qo’ying. O’chgandan so’ng, qolgan tokga to sovuguncha pishib qoladi.(!!! Bu  amal gazli pech, yoni yangi zamonaviy oynali pechlar uchun emas!!!)
  • Biror bir ovqat pishirsangiz, albatta qozonning qopqog’ini ishlatishga harakat qiling. Qaynashi oson, tez va energiya tejaydi.
  • Duhovkada biror narsa pishirishdan oldin, yahshilab o’ylab qarang. Nimalar pishirmoqchisiz? Men har doim 2-3 hil narsa pishirishdan oldin, etibor berib hisob-kitob qilib hammasini, yani 3 hil pishiriqni duhovkani bir yoqqanda pishirib olaman. Albatta bu pishirig’ingizga ham bog’liq.
  • Iloji boricha mixer yoki blendrni ishlatmaslikka harakat qiling. Bilaman, ba’zi bir kremlarni, tuhum oqini tayyorlashda mixerdan boshqa yordamchimiz yo’q. Lekin oddiy hamirni, quymoq yoki pirog hamirilarini qilayotganda qoshiq bilan qo’zg’ang.
  • Suv qaynatgichga kerakli miqdordagi suvni solib qaynating. Bir piyola kofe qilmoqchi bo’lsangiz, demak  shuncha miqdordagi suv bo’lsin.
  • Muzlatgichni energiya tejaydiganidan harid qiling.
  • Muzlatgichga aslo issiq taom qo’ymang! Issiq taomni to sovutguncha ikki baravar energiya sarf qilinadi.
  • Muzlatgichning eshigini tez yopishga o’rganing. Qancha ochiq tursa, shuncha sovuq tashqariga chiqadi va yana narsalarni muzlatish uchun energiya sarf bo’ladi.
  • 4 kundan ortiq sayohatda bo’lsangiz butun energiyalrni o’chirib keting. Biz agar O’zbekiston yoki boshqa biror joyga 4-5 kunga ketadigan bo’lsak, mezlatgichni bo’shatib, oziq-ovqatlarni ketgunga qadar tanavvul qilib, ketishda ochiq qoldirib o’chirib ketamiz. Birinchidan energiya tejaladi, ikkinchidan muzlarini onda-sonda eritib turish kerak.
  • Kir yuvish mashinasining ham energiya tejaydiganlari chiqqan. Aksl holda, sochiq, ko’rpa-to’shaklarning jildidan tashqari boshqa buyumlarni 30 -40 C° da yuvishga harakat qiling. Bu holda nafaqat energiya tejaladi, balkim olgan kiyimlaringiz ham ko’pga chidaydi.
  • Yuvilgan kiyimlarni dorda quriting. Ba’zi bir honadonlarda qurutgichlar ham bor. Mutahasislarga ko’ra ular juda ko’p energiyani eyishar ekan.
Bild/Rasm: www.haushalt-geraete-blog.de

 Oz bo’lsada yordamim tekkan bo’lsa hursandman. Agar sizda ham tejash sirlari yoki ideyalari bo’lsa, marhamat izoh qoldirib bemalol bo’lishing.
Hurmat ila:


Geschrieben von Uzbekberry

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!