Home  >  Uncategorized  >  Bozorlikda tejash usullari.

Bozorlikda tejash usullari.

Bismillahir Rohmanir Rohim
Macaron rezepti mana bu erda: http://uzbekberry.de/50-pink-macarons-again/

Bilaman, bilaman, bu qiz  ha deb tejayveradi ekan deb ensangiz qotishi bu turgan gap. Tejash haqidagi boshqa maslahatlarimdan keyin bir o’quvchimdan hat oldim, unda shunday deyilgan: “Tejash sizga oson ko’rinsa kerak yoki siz Germanyada yashayotganingiz uchun shunaqa tejamkor bo’lib qolgansiz. Nemislarda raschyot borku, shunaqade. ha dip tejayverish joniz tegmaydimi?”
Tejash bu Germanyada yoki O’zbekistonda yashashga bog’liq emas. Hujayinim har doim menga :”Tejashni sen o’ylab chiqargansan shekilli. Seni Moliya Vaziri qilib tayinlash kerak.” deya hazillashadi, vaholanki hujayinim nemis, juda ochiq qo’l odam. Indamasam hatomtoyligini qo’ymaydi :)
Ayol kishi qancha tejamkor bo’lsa, bu oilaga, hujayin topgan pulga juda katta baraka olib keladi. Hullas bu safargi tejamkorlik sirlarim: Bozorlik qilishda qanday yo’llar bilan kam harajat lekin ko’p molga ega bo’lish mumkin?!

  • Hafta ichida 1 kunni bozorlik kun qilib belgilashni o’rganing va iloji bo’lsa har doim o’sha kuni bozorlik qiling. (Kunlar almashib ketib nechcha marta magazinga borganingiz yodingizdan chiqishi mumkin) Hafta ichida deganim boisi, bozorlik qiladiganlar kamdan-kam. Bemalol narh-navoni solishtirib, sale, reduction, rasprodajedagi oziq-ovqatlarni harid qila olasiz.
  •  Magazinga borganda o’zingizning, farzandingizning qornini to’qlab boring. Olimlarning aytishicha inson agar och qorin bilan magazinga borsa, to’q qorinlilarga ko’ra ko’proq harid qilar ekan. O’zim ham bu tajribani sinab ko’rganman. Qornim ochligida hamma narsa ko’zimga shirin va kam bo’lib ko’rinaveradi va natijada uyga kelib qarasam olgan narsalarimning ko’pi zarurlimas bo’lib chiqadi.

  • Bozorlikni albatta bir qog’ozga yozib oling. Bu juda ham muhim. Yozgan bozorligingiz chegarasidan chiqmasangiz pulingiz yahshigina tejaladi. Ba’zida bir kilo sabzi olaman deb kiramanu, qarabsiz bir kilo sabzi yoniga yana bir sumka narsa qo’shiladi. Bilaman, bu narsalarni keyinroq bo’lsayam ishlatishimiz mumkinu, lekin aslida nima kerakligini unutib, hozirga keraksiz narsalarni harid qilamiz. Natijada qachondir esimizdan chiqib harid qilgan konservamiz yoki boshqa masallig’imizning muddati o’tib qoladi.

  • Iloji bo’lsa bozorlikni magazinlar yopilishiga 2 soatlar qolganda qiling. Men ishimni deb bozorlikga faqat kechqurunlari borishni boshladim. Qarasam umuman yomon emas, muddati o’tishiga 3-4 kun qolgan mahsulotlarni yogurt, meva-sabzovot va gullarning narhini tushurib qo’yar ekan. Ayniqsa non-bulochka mahsulotlari sotiladigan joylar kechqurun 90 % arzonga berib yuboradi, chunki ular ertasiga yangi mahsulot yopishi kerak. (Olimlarning ta’kidlashicha muddati o’tgan mahsulotni 2-3 haftagacha ba’zida 1-2 oygacha tanavvul qilsa bo’lar ekan. Albatta bu mahsulot turiga qaraladi. Sut, go’sht mahsulotlari bu nazardan chetda.)

  • Magazinda u-bu joyi lat egan mahsulotlarni 50 % arzonga berishadi. Misol pochkasi ezilgan lekin ochilmagan sut, qatiq va boshqa hil mahsulotlar.

  • Supermarketlarda arzon mahsulotlar eng pastga terilgan bo’ladi. Bo’y teng qilib faqat “yahshi”, qimmat mahsulotlarni qo’yishadi. Qimmat mahsulot bu yahshi, arzon mahsulot bu yomoni degan emas. Shunday ekan, sal enkayib qarangiz kerakli mahsulotlarni boshqa, arzon turidagisi ham chiqadi.

  • Supermarketdan salafan, sumka sotib olmasdan uydan olib keling. Har bir bozorlikda sumka olaversangiz yig’ilib borib bir yilda ancha bo’lib qolar ekan va uyingiz ham salafanga to’lib ketadi.

  • Qilgan bozorliklaringizning paketlarini, qoplarini o’sha supermarketning o’zidyoq qoldiring. Sotib olgandan son’g, yani kassadan keyin bir burchakda mahsus stol va musor yashiklar turadi, o’sha erga hamma ortiqcha musor, qog’ozlarni qoldirsangiz bo’ladi, 5 minut vaqtingizni ham olmaydi. 


Tejagan pullaringizga oilangiz, turmush o’rtog’ingiz va farzandlaringiz bilan birgalikda biror bir sarguzasht tashkil qiling, yaqinlaringizni hursand qiling.


Salomatlik tilab

Geschrieben von Uzbekberry

Comments (2 comments)

  • Umma Abdurrahman
    2. Oktober 2014 at 21:49

    Assalamu alaykum Gulshoda opa men doim shunaqa qilaman demak menga o’xshaydiganlar bor ekanda judayam to’gri qancha tejasangiz shuncha baraka boladi qo’shimcha
    haftalik werbung gasetalarni ularni bepul olib kelishadi von penny lidl va aldini va realni haftalik reklamalari ko’rib chiqishga atigi 10 minut ketmaydi lekin aanchadan beri axtarib yoki olishni oylab lekin qimmat narxi o’ylantirayotgan narsalar siz bop narxda chiqib qoladi
    iloji bolsa bitta magazindan doimiy kerak maxsulotlarni xarid qilishga odatlaning ham vaqtingiz tejaladi ham nervingiz :)
    pamidorlarni xarid qilishda qizil yaxshi pishganlarini oling agar birinchi yashikda qolmagan bolsa tagidagi yashiklarni ko’ring eng muhimi pamidorlar hammasi bandi bn bolsin 4 ta bitta bandda 6 ta bolsayam poyachasi demoqchiman chunki shu poyachasi bn olingan pamidorlar haltbar frisch turadi 1haftadayam murrimaydi
    kokatlar ko’k piyoz shivit kashnichlarni olib kelib yuvib bir ozgina kuchenrollega yoyib qo’ysangiz quriydi keyin mayin qilib to’grangda hammasini aralashtirib muzxonaga salavanda tashlab qoying sal qurisa muslab bitta bolib qolmaydi har ovqatga ustiga sepishga tayyorginda o’rgilay :)
    xullas shu bn 1 € dan olingan 2 yoki 3 ko’kat bandchasini 1 yarim oy nobut qilmay ishlatasiz
    bizdan hozircha shu bir qo’limda yozdim xatolar bolsa rozi bo’lasizlar quchogimda Abdurrahman uxlayaptilar :)
    opa shunchalik vaqt ajratib yozibsiz ollohimsizdan rozi bo’lsin yozgan qo’llaringiz hechham dard ko’rmasin

  • Anonymous
    28. Januar 2013 at 04:38

    Maslahatlariz juda foydali, ayniqsa chetda yashovchilar uchun, rahmat.

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!