Home  >  FAMILY  >  Nurli OTAJONIM!

Nurli OTAJONIM!

OTA

OTAJON!!!

Mana qariyb deyarli ikki oy bo’layapti, bizni tashlab ketganingizga. Nahotki endi sizni eshitmasam? Ko’rmasam? Qo’llaringizni ushlamasam?

Otajon, esingizdami, o’qishimning ohirgi imtihon paytlarida kechasi turib o’qishga tayyorlanar edim, shunda kechasi matematika yoki biror bir savolga javob topa olmay qiynalib, yig’lab turgan vaqtimda sekin uyg’onib yonimga kelib, hammasi hali yaxshi bo’lishini, qanday qiyinchilik bo’lmasin, bir amallab o’qishni bitirishim kerakligini uqtirardingiz. Yonimga o’tirib olib hamma matematika masalalarini kalkulyatorsiz tezda hal qilib berardingiz…. Ha shunaqa ajoyib, topilmas yagona inson edingiz!

Birovlarning yaqinlari o’tib qolsa ta’ziya bildiramiz, qayg’usiga sherikligimizni bildiramiz. Lekin! Hamma o’z tani va jonidan o’tqazmaguncha bu ayriliqni jon-dilidan xis qilishi juda mushkul ekan. Yuragimni bo’m-bo’shdek. Hech narsa tatimaydi. Sizni o’ylamagan soniyam yo’q. Uyga kirishimiz bilan rasmingiz turipti. Rasmga boqsam umuman ishonmayman! Bizdan ketganligingizga ishonmayman! Huddiki Onamni yonidasiz yoki do’stlaringiz bilan shaxmat o’ynagani ketgansiz!

Otajon! Shu so’zlarimni o’qiy olasizmi? Eshita olasizmi agarda tong saxar pichirlab siz bilan gaplashsam? Dunyodagi suyangan tog’imsiz! Haliyam eng yahshi ko’rgan insonim siz bo’lasiz! Siz bilan bir ogiz suhbat uchun butun dunyomni alishar edim. Sizni butun oilamiz sog’inayapti! Butun do’stlaringiz sog’inayapti!

Siz bilan hayrlashgani ikki mingga yaqin inson kelganida yoqa ushladim, hatto 2-3 hafta o’tib ham ostonamiz odamlardan arimaganiga, biz ko’rmagan, tanimagan do’stlaringiz, ukahonlaringiz darvozadan uvvos solib yig’lab kelganida yanada hayratga tushdim. Sizning ajoyib inson ekanligingizni bilardik, buna hamma bilardi, lekin shu darajada, hatto biz tanimaganlar ham sizni sevib-ardoqlashi yanada lol qoldirdi, yanada sevintirdi yanada yig’latdi!

Siz bilan hayrlashmayman, Otajon! Siz bilan har kuni har doim va har qaerda suhbat quraman. Bu balkim g’alati tuyilar, lekin bazida huddi yonimdagidek ba’zi narsalarni so’rayman, javob kutaman yoki sizga aytib beraman yoki esga olaman. Tashqaridan qaraganda bu telbalikdir, lekin menga juda yoqimli malham beradi bunaqa suxbatlar. Huddi mening yonimdasiz va meni qo’llab-quvvatlayapsiz.

Nevaralaringiz sizni juda juda yaxshi ko’rishadi va har kuni yodga olishadi. Firdavs sizning “Tulkichak” degan ashulangizni hanuzgacha eslaydi. “Men Otani sog’indim, yahshi ko’raman.” deydi takror va takror. Ota, shu bolajonlarnimni sizning va Onamning duosi bilan yorug’ dunyoga keltirdim. Esingizdami, 2011 yil tugab 2012 qadaym qo’yayotgan vaqtda, yangi yil kechasi ko’zingizga yosh olib “Shu uydayam bola yig’isi eshitilsin kelasi yil, Ona-qizimgayam Onalik baxtini bergin Hudoyim.” deb iltijo qilgan edingiz. Mana! Ikkita nevarangizni ham o’zingiz katta qilib berdingiz! O’zingiz bosh tarbiyasiga katta hissangizni qo’shdingiz! Rahmat sizga OTAJON! Rahmat senga Hudojon! Shunday insonning qizi ekanligimdan g’ururim ko’kraklarimga sig’may ketadi.

Ukamga ham yig’lab farzand so’radingiz! Olloh qudratini qarangki o’g’ilini ko’rish va hatto unga ism berish va beshik to’yini qilish nasib etdi!

Otajon! Yotgan joyingiz to’la nur bo’lsin! Sizni sevamiz! Jonimizdan ortiq ko’ramiz! Nasib qilsa Firdavs bog’larida uchrashamiz!

Sizni jonidan ortiq sevuvchi

ONAM, Nevara, Evara va Farzandlaringiz juftlari bilan.

Geschrieben von Gulshoda

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!