Home  >  Macarons, Pastry/Candy  >  50. Pink Macarons – again :)

50. Pink Macarons – again :)

 Bismillahir Rohmanir Rohim.
Bu safar uzbekcha yozaman. Ikki kun dam olish bo’lgani uchun, yana Macarons qilishga qaror qildim. Bu pishiriqni juda juda sevaman. Eyishni emas, ko’proq tomosha qilishni. Bilaman hayron bo’layotgandirsiz, lekin bu kichkina har hil rangdagi pishiriqlar meni diqqatimni har doim har erda tortaveradi.

Yaqinda ota-onamni Parijga aylantirishga olib borganda birinchi marotaba eb ko’rdim. Bu pishiriqni emasdan oldin 2 marta pishirib ko’rdim, birinchisidan ko’nglim to’lmadi, lekin ikkinchisidan ( yashil rangdagi) juda hursand buldim. Keyin yaqinda uchunchi bor pishirdim. Usha kuni aksiga olib tarozimni batareyasi o’tirib qolsa deng. Tarozisiz pishirishni umuman hayolingizga ham keltirmang. O’shning uchun meni Macaronlarim (oranjiviy rangdagilar) yorilib ketdi :( Har bir masallig’i gramigacha to’g’ri bo’lish kerak. Men bo’lsa ko’zim bilan o’lchab qildim. Va natijasi yahshi chiqmadi.



Agar savollariz bulsa Facebook orqali yoki shagu@mail.ru orqali bermalol so’rayverishingiz mumkin. Yordam bergan bo’lsam boshim ko’kga etdi. Bir dugonam meni qilayotgan ishlarimni ko’rib: ” Wow, shuncha energiyani qaerdan olasan? Bilmaydigan narsang ham bormi?” deb so’radi. Ha men bilmaydigan narsalar ham bor. Misol uchun rus tili. Qishloqda o’sganligim sabali bizda rus tili deyarli yahshi  dars o’tishmagan va shu sababli rus tilim yahshi emas. Albatta oddiy small talk larga yahshiman, hammasini tushunaman, shu yozishga kelganda “okonchaniyasi” nima edi deb ko’p bosh qotiraman :)
Keyin bazi bir qizlarimiz rezeptni ruschada so’rabdi, Ming bor uzr so’rayman. Uzimni kulgiga qo’yib o’tirmasdan ochig’ini aytib qo’ya qolganim yahshi :)

Hullas kechagi qilgan Macaronlarimni rezeptini rasmlarini birma bir qo’yib tushuntiraman:
Ingredients/Masalliqlar:

30-40 ta Macaronlar uchun:
90 gr Eggs white/Tuhum oqi (tahminan 3 ta tuhumniki to’g’ri keladi)
1 dash of salt/chimdim tuz
30 gr Sugar/Oddiy shakar
200 gr icing sugar/Maydalangan shakar
110gr ground almonds/Bodom kukuni
dry food colour/quruq rang
Hamma masalliqlarni o’lchab oling. Ko’rganingizdek, tuhum oqi 1 gr ga ko’paxib ketibdi :)

Bodom kukuni va Shakar kukunini elakdan o’tqazib olish kerak.

Mana shu holatga keladi.
Tuhum oqini ko’pirtiramiz.

Quruq rangni tuhum oqiga qo’shamiz va song qolgan masalliqga hammasini solib sekinlik bilan aralashtiramiz.

Masalliq krem holiga kelish kerak.

Krem haltasiga solamiz…..

Va kurganingizdek bir hil shaklda siqib chiqaramiz.

15-20 minutga tindirib qo’yamiz.

va 140 C° da 15-25 min ta yopib olamiz.

Eson-omon chiqsa shu ko’rinishga keladi ;)

Sal sovugandan keyin ag’darib chiqamiz.

2-3 soatlardan keyin krem surib 2 ta Macaronni 1 ta qilib yopishtiramiz. Kremi quyuq bo’lish kerak. Men ko’proq franzuskiy kremlarni tajriba qilib ko’raman. Lekin uzimizning klassik kremlarimiz, saryog’ bilan sgushonkani aralashtirib sursa ham buladi.

Va kremi bilan qurutishga qo’yib qoyamiz.
Qarab ko’zim to’ymaydi. Hatto eyishga ham qizg’onaman.

Lekin hammadan ham hujayinim hursand bo’ladilar. Uzi ko’p shirinlik emaydi, lekin macaronlarni paqqos tushuradilar :) 
Geschrieben von Uzbekberry

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!