Home  >  Dessert  >  233. Walnuss-Biscuits / Yong’oqli keks

233. Walnuss-Biscuits / Yong’oqli keks

                                      Bismillahir Rohmanir Rohim

Als ich mit meinem Kind gestern Abend gekuschelt habe, habe ich an meine Oma gedacht. Meine Oma, väterlicher Seits, hatte 6 Kinder geboren. Davon hat nur mein Vater überlebt. Sie erzählte mir einmal, dass ihre fünf anderen Kinder im Alter zwischen zwei und 16 Jahren verstarben. Damals gab es keine Medizin, keine richtigen Ärzte und keine Impfungen. Aber mein Vater hat alle Kinderkrankheiten gut überstanden und damit als einziges Kind überlebt. 

Als kleines Kind habe ich das gar nicht verstanden und konnte nicht begreifen was eine Impfung ist oder was sie so mit medizinischer Versorgung meinte.
Aber jetzt, da ich ein eigenes Kind habe, verstehe ich sie sehr gut. Für eine Mutter ist es das Schlimmste, was sie je erleben kann… Ohh Gott! Ich kann an dieser Stelle nicht weiter schreiben und möchte es mir gar nicht erst vorstellen, wenn mir so etwas passieren würde! 
Sie ist auf jeden Fall Tapfer geblieben und hat nie die Hoffnung aufgegeben. Von einem Sohn meiner Oma sind wir jetzt inzwischen 27 Personen geworden. Ist das nicht schön? Meine Oma würde sich wahnsinnig freuen, wenn sie unsere Familie sehen könnte, aber leider ist sie inzwischen verstorben. Gott gebe ihr ewigen Frieden!
 
Dieses Rezept habe ich von der Zeitschrift “Lecker Bakery” genommen.
 
Kecha kechqurun farzandimni birrovga bag’rimga olib yotdim.

Bolam bag’rimda ekan, Katta-Onamni (joyi jannati bo’lsin) esga oldim. Katta-Onamning jami bo’lib 6 ta farzandi bo’lgan, shulardan faqat mening otam tirik qolgan ekan. Katta-Onam menga boshqa farzandlari haqida so’zlab berar ekan, ko’ziga yosh oladi, titrab-titrab ular haqida gapirib beradi. 16 va 2 yosh oralig’ida arzimagan kasalliklar orqali vafot etishgan ekan. U vaqtlar emlash, kasalhona degan narsalar yo’q bo’lgan. Katta-Onam shularni so’zlaydi, lekin mening aqlim unchalik etmaydi: Kasalhonaning nima dahli bor? Yoki emlash nima? O’sha paytlari endigina 4 yoki 5 yoshga kirgan edim. Bu dunyo men uchun faqat ho’rozqanddan iborat edi.

Bolamni bag’rimga bosar ekanman, Katta-Onamning yuragini his qilayapman, qanchalik qiynalganini jon-jahdim bilan sezayapman. Yo Olloh, o’zing panohingga olgin! Onalar uchun bo’lgan eng og’ir darddan hammani o’zing asra. Bu narsalar haqida yozish tugul, o’ylashga ham qo’rqaman…
Mana Katta-Onamning bittayu-bitta yagona o’g’lidan hozir 27 kishiga aylanibmiz. Shu kunlarga etqazganingga shukr. Katta-Onam agar ko’rayotgan bo’lsalar, ishonchim komli, ich-ichidan suyunadi!
 
Bu Retseptni “Lecker Bakery” degan jurnaldan oldim, ayniqsa shakarsiz bo’lganiga o’zim ham mazza qilib edim.
 

Zutaten/Masalliqlar:

280 gr Mehl/Un
200 gr kalte Schlagsahne/Sovutilgan suyuq qaymoq
125 gr Butter/Saryog’
100 gr Walnusse/Yong’oq
100 gr Blauschimmelkäse/Pishloq ( bu pishloqni Aldi degan magazinda oldim)
1 TL Backpulver/1 ch-q razrihitel
Salz und Pfeffer/Tuz va murch

Backofen vorheizen (E-Herd 200 °C)/Pechka oldindan 200 °Cda qizdiriladi

Blauschimmelkäse würfeln, die Walnuss hacken/ Pishloq to’g’rladi, yong’oqlar esa maydalanadi
Über das Mehl Backpulver, Salz, Pfeffer, Walnuss und Blauschimmelkäse geben/Un ustidan razrihitel, tuz, murch, yong’oq va pishloq solinadi
Danach die Butter würfeln, dann mit dem Fingerspitzen grobkrümilig verreiben/Keyin saryog’ to’g’raladi va barmoq uchida ushoqday qilib hammasi birgalikda eziladi
Kommt Sahne dazu/Qaymoq quyuladi
In einem Teig verarbeiten/Hamir qoriladi
Den Teig zu einem Kreis formen und mit Messer in ca. 8 Stücken schneiden, dann in Backofen in 200 °C 15-20 Minuten backen/Hamir yumaloq formaga keltiriladi, pichoq bilan 8 dona qilib kesiladi va 200 °Cda 15-20 minut pishiriladi
Yoqimli ishtaha :)
Geschrieben von Uzbekberry

Comments (One comment)

  • Yulduz
    3. November 2013 at 11:39

    Gulshoda opa, Assalomu Alaykum. Juma kuni shu pishiriqni tayyorlab ko’rdim, issiqqinaligidayoq mazza qilib yedik. Men tuzini ko’proq solib qo’yibman, shuni aytmaganda, shunaqa mazali chiqdi. Yumshoq, xamiri og’izda eriydigan bo’lib cgiqdi. Yanggi retsept uchun kattakon rahmat! Sog’ bo’ling! :)

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!