Home  >  Main Course  >  181. Mit Couscous gefüllte Tomaten / Couscous bilan to’ldirilgan pomidorlar

181. Mit Couscous gefüllte Tomaten / Couscous bilan to’ldirilgan pomidorlar

                                         Bismillahir Rohmanir Rohim
Meine Liebe zur Sport hat schon ganz früh angefangen.
Zu Hause früh dürften wir Fernsehen nur Abends, nach der Feldarbeit schauen. Meistens kamen Karatefilme. Wir haben, mit meinem Brüdern solche Filme geliebt. Der Bruce Lee und Jean-Claude van Damme, die waren einfach spitze! (Übrigens, Bruce Lee war mein Vorbild.)
Nächsten Tag haben meine Bruder angefangen mit Karate oder ähnliches. Ich war auch immer nach solche Filmen motiviert. Klar, wir wohnen im Dorf und dort gibt es keine Möglichkeiten ein Sportklub zu besuchen. Deshalb haben wir mit meinem Bruder improvisiert und einen harten Kartoffelsack mit Zement und Erde aufgefüllt und den Sack auf Baum gehängt. Ich erinnere mich noch. Das war ein riesiges Nussbaum. Unten, der große platz war unsere “Trainings Ort”. Jeden Morgen, früh, sind wir aufgestanden und bisschen gelaufen (wir konnten nicht weit laufen, weil es ziemlich viele Böse Hunde im Dorf gab) und dann haben wir angefangen eine Reihe nach der andere den Sack, den wir gestern aufgehängt haben, zu treten oder zu boxen.
Nach eine Weile hatten mein Brüdern keine Lust mehr. Aber irgendwie ich bin immer dran geblieben. Ab und zu hat meine Mama oder Papa mit mir geschimpft: “So, jetzt hör langsam auf. Du bist ein Mädchen, aber du verhältst du dich wie ein Junge. Das geht nicht so weiter. Später wird keine mehr an dein Hand halten. Alle Männer werden von dir Angst bekommen.”
“Mir doch egal! Ich werde sowieso niemals heiraten. Außerdem sollen alle Jungs von mir angst haben. Später wird mich mein Mann nicht schlagen, weil er ziemlich Angst von mir haben wird. Das ist doch was schönes! Das ist doch gut wenn ich mich schützen kann?!” so war meine Antwort.
Seit ich noch klein war habe ich geliebt das Laufen, Fußball spielen oder mich mit Karate zu beschäftigen. Manchmal denke ich schade, dass ich nicht in der Stadt aufgewachsen bin, vielleicht wäre ich eine gute Sportlerin?! Wenn man ein Talent besitz, muss das weiter fördern. Bei mir war das leider nicht so. Wir hatten keine Möglichkeiten. 
Aber ich bin immer wieder gelaufen. Das macht mich sehr glücklich. Seit dem ich Marathons entdeckt habe, ist mein Leben noch schöner geworden. Ich liebe aller arten von Sport. Das ist einfach fantastich. Ich danke von herzen an meinen Mann, dass er mich so sehr gut unterstütz. 
Sportga bo’lgan muhabbatim yoshligimdan uyg’ongan. Gektarlaru dalalarda ishlab kelib, kechga tomon 1 yoki 2 soat televizor ko’rishga oshiqar edik. Har kuni bo’lmasada kun ora televizorda Karate kinolar bo’lar edi. Eng yahshi ko’rgan aktyorlarim bu Bruce Lee va Jean-Claude van Damme edi. Ularning kinolarini nafasimni chiqarmasdan tomosha qilar edim. Ayniqsa Bruce Leening filmiga dod derdim. U men uchun sport olamida eng katta namuna bo’lgan.
Bir kuni kechasi Bruce Leening filmidan
keyin akamlar ham filmga qiziqib ertasi kuniga kartoshka uchun bo’lgan mahsus qoplarni yig’ib, bir birining ustidan kiygizib, ichiga tsement va tuproq to’ldirdi. Keyin uni yong’oq darahtiga ilib qo’yishdi. Esimda, darahtimiz judayam katta edi va tagida joyni aytmasa ham bo’ladi. Hullas o’sha osilgan halta biz uchun katta yangilik. Har kuni ertalabdan turamiz va navbatma navbat yugurib kelamiz (qishloqda itlar yomonligidan uzoqqa yugura olmas edik) va keyin haltani tepishga yoki box qilishga o’tamiz.
Ancha kunlar o’tib akamlarning yoki ukamning qiziqishi yo’qolar edi. Men bo’lsa tinim bilmay oylab shug’ullanar edim. Buni ko’rgan Ota-Onam qo’rqqanidan meni urshishar: “Bo’ldi, bas qil! Qiz bola degan narsa uyat bo’ladi. Ertaga sovchilar seni so’rab kelishmaydi. Hamma erlar sendan qo’rqib qochib ketishadi.” Men bo’lsa bu bahonalarga judayam jahlim chiqardi va qaytarib:”Nima bo’pti?! Men baribir er-perga tegmayman. Qolaversa yahshiku, o’zimni o’zim himoya qilaman. Menga hech kim qo’lini tekkaza olmaydi. O’sh erdan ham kaltak emay o’zimni himoya qilaman.” deb javob berardim.
Yillar o’tsyamki sportga bo’lgan qiziqishim umuman so’nmadi. Har doim yugurib yoki karatelarga qatnashib turdim. Ba’zida shaharda tug’ilmaganimga afsuslanib qo’yaman. Balkim shaharda tug’ilganimda har hil sport klublari, krujoklariga qatnashib biror bir sportning yo’lini tutib ketgan bo’larmidim?!
Talant bo’lsa uning ustida ishlash kerak. Menda talant bor ediku, lekin sharoit yo’q edi. Lekin, mana yillar o’tib armonimni qayta yashayapman. Marafonga qatnashishni boshladim. Yugursam mazza qilaman. Hech narsa meni bu darjada hursand qilmaydi yoki ovutmaydi.
Hudoga shukr, hujayinim meni doim qo’llab-quvvatlaydi va mening Marafonlarim uchun hamma kerakli shart-sharoitlarni yaratib beradi. Shuning boriga shukr deya hursand bo’lib ichimdan Bruce Leega ha rahmat aytib qo’yaman :)
Zutaten/Masalliqlar:

8-10 mit. große Tomaten/ O’rtacha kattalikda pomidorlar
200 gr Couscous/Couscous doni
375 ml Wasser/Suv
1 Dose Rote Bohnen/ 1 konserva qizil loviya
60 gr Butter/Saryog’
100 gr gerieben Käse/Qirilgan pishloq
Salz & Pfeffer/Tuz & Murch

Ich habe 375 ml Wasser mit Salz zum Kochen gebracht, Herd ausgeschlatet, 200 gr Couscous zugefügt und dann 15 Minuten qeullenlassen. Danach habe ich Butte gemischt/375 ml suvni tuz bilan qaynatib, olovni o’chirdimda 200 gr couscousni solib 15 minutga dimlab qo’ydim. Keyin saryog’ soldim.
8 Tomtenfleisch ausgelöffelt, mit Bohnen in die Couscous zugefügt./8 ta Pomidorlarni ichini kovlab, qizil loviya bilan birgalikda couscousga aralashtirdim.
Gerieben Käse mit Pfeffer zugefügt/Qirilgan pishloq va murch ohirida solib aralashtirdim.
Damit habe ich die Tomaten befüllt/Va pomidorlarni to’ldirib chiqdim.
Die “Deckel” zu und in 180 C° 10 Min. gebacken. Danach habe ich mit Schaschlik serviert.  Schaschlik hat mein Man vorbereitet, deshalb koennte ich kein Bilder aus dem Machen. Aber nächste Mal werde ich den Rezept posten./“Qopqoqchalar”ni yopib 180 C°da 10 minut pishirib oldim. Pomirdolarni shashlik bilan birgalikda dasturhonga tortdik, afsus shashlikning qilinish jaroyonini rasmga ham olomadim, chunki hujayinim uni tayyorlagan edi.keyingi safar albatta retseptini yozaman.
Yoqimli ishtaha :)
Geschrieben von Uzbekberry

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!