Home  >  Macarons  >  166. Haselnuss Macarons / O’rmon yong’og’idan Macaron

166. Haselnuss Macarons / O’rmon yong’og’idan Macaron

 Bismillahir Rohmanir Rohim

Die  franzoesische Köchin Aureliè fasziniert mich immer wieder. Zu letzt habe ich von ihrem Blog: www.franzoesischkochen.de, die Haselnussmacarons gesehen und wollte unbedingt ausprobieren. Es ist mir total gut gelungen. Klar ich habe nicht so wie sie, professionel gebacken aber zu mindest versucht.
Das ausführliche Rezept auf Deutsch findet ihr HERE.
Ich habe hier auf usbekisch gepostet. Danke, Aureliè, du bist die Beste :)

O’rmon yong’og’ining to’g’risi haqiqiy nomini topa olmadim. Nemischasiga “Haselnuss”, inglizchasiga “Hazenut”, ruschasiga esa “Lesnoy Oreh” deyilar ekan. Shunga ruschasidan olib tarjima qilib qo’ya qoldim. 
Pastdagi ko’rayotgan rasmdagi yong’oq o’rmon yong’og’i hisoblanadi. Asosan kuz faslida hamma joyda, hatto ko’chalarda ham to’kilib yotadi. 
Men Macaronlarning har hil turini har hil saytlardan olib tayyorlab ko’rdim. Bu safargi Macaron Retseptini MANA BU ERDAN oldim. O’zi odatda oddiy bodom kukunidan tayyorlanadi, lekin bu safar Aurelie, sayt egasi o’rmon yong’og’idan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilib retseptini saytiga qo’yibdi. Batafsil retseptni o’zbekchada yozdim.

Masalliqlar:

35 gr O’rmon yong’og’ining kukuni
60 gr Shakar pudrasi
32 gr Tuhum oqi
5 gr Shakar

Shakar pudrasi va yong’oq kukuni mayda ko’zli elakdan o’tqaziladi.

Tuhum oqi ko’pirtiriladi, oq mayin holga kelgandan so’ng shakar qo’shilib ko’pirtirishda davol etiladi. Shakar ko’rinmay ketgandan keyin yong’oq kukuni va shakar pudrasi 3 marta bo’linib solinadi.
Sekinlik bilan aralashtirish kerak. Judayam suyuq yoki quyiq bo’lmasligi kerak.
Nasadkaga solinib kichkina yumaloq shaklda qisib chiqriladi.
Ustidan ozgina Kakao yoki kofe sepilib 8-10 minutga qurutib qo’yiladi
140 C°da 12-14 minut pishirib olinadi.
3 Soat oldin tayyorlangan  Ganache Kremi (MANA BU ERNI BOSING)  bilan to’ldirilib ikkinchi Macaron ustidan yopib chiqiladi.
Yoqimli Ishtaha :)
Geschrieben von Uzbekberry

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!