Home  >  Soups  >  152.Tomatensuppe mit Champinions / Qo’ziqorinli pomidor supi

152.Tomatensuppe mit Champinions / Qo’ziqorinli pomidor supi

   Bismillahir Rohmanir Rohim



Viele haben gefragt wie wir, mein Mann und ich, uns kennengelernt haben. Ich schreibe die Geschichte. 

Als ich 2005 nach Deutschland als Au-Pair kam, war ich nie in der Absicht gewesen einen Deutschen oder einen anderen Ausländern Mann zu heiraten. Ich wollte nach dem Au-Pair Programm vielleicht 1-2 Jahre studieren und nach Hause zur meine Eltern zurück kehren. Ich konnte mir gar nicht vorstellen, weit weg von meiner Familie zu wohnen. Aber das Schicksal hatte für mich volle Überraschungen bereit.
Ich habe nach 6 Monaten meine Gastfamilie gewechselt und dann bin nach Langballig, (nicht weit weg vom Flensburg) gekommen. In der neuen Familie habe ich mich sehr wohl gefüllt und ich hatte 4 Kinder, die ich aufpassen musste. Und alle 4 waren nur Jungs! Ich kenne ja von meinem Brüdern, also ich habe mich mit denen sehr gut verstanden. Ich habe angefangen Abendkurs zu besuchen und am Wochenende habe ich mich gelangweilt. Dann hat meine Gastmutter zum Grundhof, Sportplatz, mitgenommen, wo ihre ganzen Kinder Sport machen. Ich habe mich so sehr auf die Frauenfußball gefreut und wollte unbedingt mitmachen. An dem Tag war der Trainer nicht da, also konnten wir uns nicht so viel informieren. 
Am nächsten Tag bin ich dann wieder zum Verein gegangen und habe ich auf Englisch nach dem Frauenfußball Trainer gefragt. Da kam Er.
Er war nicht so groß, sehr sympathisch und hat exzellent Englisch gesprochen. Wir haben uns kurz unterhalten und er hat mir kurz über die Verein und Frauenfußball erzählt. Später habe ich ein Formular bekommen, falls ich mich doch entscheide, Fußball zu spielen, sollte ich das Formular ausfüllen und zurück bringen.
Klar spiele ich mit. Ich habe als klein Mädchen mit Jungs Fußball gespielt und war ich davon total begeistert. Somit habe ich angefangen Fußball zu spielen und er war mein Trainer. Nach zwei Wochen musste ich mir die entsprechende Fußballkleidung sowohl zum Training als auch zum Spielen kaufen. Natürlich hatte ich keine Ahnung was ich kaufen sollte und sprach eben so wenig deutsch. Also habe ich von meinem Trainer gefragt und er sagte er kommt mit mir und kann zusammen kaufen. So hat unsere erst Romancier angefangen…..im Oktober hatte wir ersten offiziellen Date und exakt nach einen Monat hat er mir einen Heiratsantrag gemacht. Das war die Liebe meines Lebens. Ich weiß es bis heute nicht, aber als er den Antrag machte, ich wusste, dass wir zusammen gehören und ich wusste dass ihn heiraten werde.
Ich komme ja aus Usbekistan und dort ist üblich, dass man nach eine paar Monaten, sogar Tagen nach der Kennenlernen heiraten. Deshalb hatte ich keine Bedenken und habe ich einfach “Ja” gesagt. Heute frage ich meinen Mann:”Wie hast du damals ohne Angst mir einen Antrag gemacht? Du hast ja mich gerade nur einen Monat gekannt?” 
Und seine Antwort:”Ich wusste, dass bei euch, in Usbekistan die Sitten anderes sind. Ich konnte mir nicht vorstellen, dass du ohne Heirat mit mir wohnen wurdest. Und außerdem vom ersten Augenblick an war ich in dich verliebt und irgendwie habe ich immer ein gutes Gefühl gehabt. Ich wollte so schnell wie möglich heiraten, bevor jemand anders tut. So habe ich dich jetzt für immer und ewig bei mir.”
Ich schreibe gerade die Geschichte und denke zurück. Ich kann es kaum fassen, dass ich so einen wunderbaren Ehemann bekommen habe. Ich liebe ihn so sehr. Manchmal fehlen mir die Wörter es zu beschreiben. 
Wie der Alfred Hitchcock sagt: “Richtig verheiratet ist der Mann erst dann, wenn er jedes Wort versteht, das seine Frau nicht gesagt hat.” Das tut er. Seit dem ersten Tag unseres gemeinsames Lebens.

Ko’pchilikni talabiga binoan, turmush o’rtog’im bilan qanday tanishganimizni bayon qilaman.
Germanyaga Au-Pair degan programma bilan 2005 yil kelganman. Bu programmani tugatib, keyin birorta oliygohda 1 yilmi yoki 2 yil o’qib uyga qaytmoqchi edim. To’g’risi, oilamdan uzoqda, ayniqsa ota-onamdan uzoqda yashashani tasavvur qila olmas edim. Chet ellikga turmushga chiqishniku umuman hayolimga keltirmaganman. Chet elliklar to’g’risidagi fikrim boshida juda salbiy bo’lgan: bu erda ajrashishlar ko’p, oila bular uchun muqaddas emas, yillab er-hotin birga yashashadida, arzimagan sabaga ajrashib ketaverishadi. Taqdir taqozasini qarangki, hayot to’la surprizlar.

Hullas mehmonga kelgan oilani almashtirib, Germanyaning Flensburg (Daniya chegarasida) degan shahrining bir qishlog’iga keldim. U erdagi yangi oila meni juda yahshi kutib olishdi. 4 ta o’g’li bor ekan, shularga qarab, shularni ovutib kechqurunlari esa darsga qatnay boshladim. Menga Flensburgning yoqqan yana bir tomoni, Oliygohida o’qish tekin ekan. Shu asnoda kunim o’ta boshladi. Hujjatlarni ham tayyorlab, topshirib talabalikka qabul qilindim. Lekin o’qishim boshlanishiga yana 4 oy qolgan edi.
Dam olish kunlari juda zerikar edim, nemis tilini yahshi bilmaganim sababli, do’stlar ham hali ko’p orttirmagan edim. Shunda bir kun mehmon olilamning onasi kelib, yur seni qizlarning futbol komandasiga tanishtirib qo’yaman, ham ular bilan birga o’ynaysan, ham bir-ikki do’st topasan deya meni Sport hiyoboniga boshlab bordi. Borsak, treyneri yo’q ekan, ertaga kelinglar deya qaytardi. Ertasi kuni o’zim velisopedda bordimda treynerni qidirdim. Bir vaqt ko’rinishi yoshgina yigit yuzida tabassumi bilan menga qarab keldida o’zini tanishtirdi. Bo’y bastlari unchalik katta emas, lekin sport bilan shug’ullanishi shundoq tanasidan ko’rinib turibdi. Ingliz tilini qoyil-maqom qilib gapirar ekan. Menga komandaga qatnashish shartlarini, o’yinlarni tushuntirdida, qo’limga ariza yozadigan anketani berib, agar qatnashadigan bo’lsam, tezroq to’ldirib topshirishimni aytdi.
Albatta qatnashaman, uyda zerikib o’tirgandan ko’ra picha kaptok ketidan yuguray. 
Yoshligimda qishlog’imiz yigitlari bilan 8 chi sinfimgacha futbol o’ynaganman, bu sport turini joni dilimdan ortiq yahshi ko’rardim. Bilaman, qiz bolalar bizda bunaqa sport bilan shug’ullanmaydi, lekin uyda 5 ta o’g’il bola bilan katta bo’lsangiz, ular nima qilsa siz ham shuni qilar ekansiz.
Anketani to’ldirib kelib topshirdim va u erdagi qizlar-hotinlar bilan futbol o’ynashni boshladik. Menga komando boshida juda yoqdi, keyinchalik boshqa komandalar bilan birga o’ynashga kelganda mahsus futbol kiyimlarim etishmas edi. Nemis tilini bilmayman, uning ustiga nima sotib olishni bilmayman, shunda treynerimga borib: “Qanaqa kiyimlar kerak, nemis tilida nima deyiladi, menga bir qog’ozga yozib bersangiz, borib sotib olar edim.” dedim. Shunda treynerim “Men ham birga boraman va qaysi kiyim, oyoq uchun bo’lgan himoya tutgichlarini ko’rsataman.” dedi.
Shu kundan boshlab o’rtamizda qanaqadir iliqlik paydo bo’ldi.
Oktyabr oyida birga dating qilishni, yani uchrashuvga chiqishni boshladik. Oradan roppa-rosa 1 oy o’tar-o’tmas menga turmush qurushimizni taklif qildi. To’g’risi, o’sha vaqtlari ko’nglim qandaydir sezganmidi, hullas shu inson menga, men esa unga tegishliligimni chin dilimdan sezardim. Hozir o’ylab qarasangiz 1 oy ichida tanishib, turmush qurush hatto O’zbekistondagi yoshlarning hayoliga ham kelmaydi. O’ylab-netmasdan turmushga rozi bo’ldim. Sevib, boshim aylanib qolganidan emas, balkim shu yigit yonimda bo’lsa o’zimni hotirjam sezardim. U kulsa butun dunyo kulardi. Yuzudan tabassumi hech ham arimas edi.
Hozirlari so’rayman:”Qanaqa qilib 1 oyda darrov turmushga taklif qilgansiz? Ahir men qayoqdandir kelganman, chet ellik qizman, qo’rqmagansiz.” desam, uning javobi: “Seni birinchi ko’rgan soniyamdanoq sevib qolganman. Seni yo’qotishdan rosa qo’rqardim. Qolversa O’zbekiston haqida ancha-muncha habarim bo’lgan, sizlarda qizlarga turmushdan oldin birga yashashni taklif qilmaydi. Shularni bilib, seni birov ilib ketmasidan darrov turmushga taklif qilganman.” deydi.

Ko’z tegmasin, tumushimiz yahshi. Har kimda bo’lganidek, yahshi yomon kunlarimiz ham bor. Lekin hamma qiyinchiliklarni ikkalamiz bir yoqadan bosh chiqarib engib kelmoqdamiz.
Alfred Hitchcock : “Erkak kishi qachon uylangan hisoblanadi, qachonki ayolining har bir aytmagan so’zini tushuna bilsa, o’shanda haqiqiy turmush qurgan hisoblanadi.” deganidek, har bir so’zimni va hayolimni menga qaramasdan o’qiy oladigan, har bir orzuimni qo’lidan kelgunicha ushalishga yordam beradigan Olijanob insonim borligiga hamdu sanolar aytaman.


Zutaten/Masalliqlar:

Für 4 Personen/4 kishilik uchun

2 Zwiebeln/Piyoz
3 Tomaten/Pomidor
1 grüne Paprika/yashil Bulg’ori
3 große Champinions/katta Qo’ziqorinlar
500 ml Tomaten passiert/Pomidor soki
Öl zum braten/Qovurishga yog’
Salz/Tuz 

Für Pfannkuchenspieß/Sihda quymoq uchun:

2-4 Pfannkuchen/Quymoq
1 Pckg Kräuter Frischkäse/Ko’katli pishloq (misol:philadephia)
Holzspieß nach Bedarf/Keraklicha yog’ochli sih

Die Champinions und Zwiebeln grob schneiden/Qo’ziqorin va piyoz katta-katta to’g’raladi
… und die Tomaten und Paprika auch so schneiden/Bulg’ori va pomidorlar ham huddi shu usulda to’g’raladi
Alle Zutaten im Öl braten/Hamma masalliqlar yog’da qovuriladi

Salzen und die passierte Tomaten zufügen. Ca. 15-20 Minuten kochen/Tuz solib, keyin pomidor soki quyiladi va 15-20 minut qaynatib pishirladi

Ich habe für die Tomatensuppe einen Pfankuchenspieß gemacht. Es ist lecker und kann man anstatt Brot essen./Bu Sihli quymoqni supning yoniga non o’rniga tayyorladim

Mit Frischkäse den Pfannkuche schmieren und rollen/Pishloq quymoqqa suriladi va o’raladi

Pfannkuchen schneiden und dann an die Spieße stecken/Quymoq kesilib sihga kirgiziladi
Viola :) Yoqimli ishtaha!!!
Geschrieben von Uzbekberry

Comments (One comment)

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!