Home  >  Bread  >  123. Rote-Bete-Brot / Qizil lavlagidan Non

123. Rote-Bete-Brot / Qizil lavlagidan Non

Bismillahir Rohmanir Rohim

Wie ich in meinem früheren Geschichten erzählt habe, war meine Oma sehr religiös und hatte mir nie erlaubt die Haarspitzen zu schneiden. Eines Tages habe ich sie gebadet, oder geholfen und die ihre Haare getrocknet. Dabei habe ich sie gefragt: “Oma, warum lässt du meine Haarspitzen nicht schneiden?” Daraufhin sie: “Die Frauen sollen die Haare ganz lange machen lassen, weil wenn sie irgendwann mal vor Gott stehen, sollen die Haare der Brust der Frau verdecken. Gott mag nicht wenn eine Frau mit offenem Brust vor ihm steht.” antwortete. Ich war von ihrer Antwort ziemlich überrascht, weil sie so wenig schulterlange Haare hatte. “Du hast aber ganz kurze, wenige Haare, die gehen doch nicht bis zur deine Brust und verdeckt doch ihn nicht? Was wirst du jetzt machen, wenn du vor Gott stehst? Wie wirst du ihm erklären, warum du so wenig Haare auf dem Kopf hast?” war meine neugierig noch mehr stiegen. Sie hat gelacht und sagte: “Das ist mein Mädchen! Wird nie mit einfacher Antwort zufrieden geben. Also, der Gott hat mich Lebenslang gesehen und mich so im schlechten wie im guten Zeiten begleitet. Er hat auch gesehen, dass ich meine Haare nie schnitten oder gekürzt habe. Also, er muss mich verzeihen, dass ich in dem Alte viele Haare verliere und das ist normal.”
Ich war nicht so sehr zufrieden mit ihrer Antwort, aber gut, ich wollte sie gar nicht mehr mit viele Fragen belasten, die sie manchmal gar keine Antwort wusste.
Ich habe schon lange geplant ein Rote-Bete-Brot zu backen. Huhh, endlich habe ich es geschafft. Das Brot schmeckt sehr lecker, sehr saftig und sehr gesund. Also, empfehle ich das zu probieren

Avvalgi hikoyalarimda aytib o’tganimdek Katta-Onam juda dinidor edi (Olloh o’z marhamatiga olgan bo’lsin). Bir kuni yuvintirib, sochlarini tarab quritayotib bir savol hayolimga keldi: ” Katta-Ona, nega mening sochimning uchini kestirmaysiz? Toza gullab yotibdi.” desam, Katta-Onam:
“Ayol kishining sochi uzun bo’lish kerak, tovoniga etishi kerak. Kun kelib Olloh yonida tursa, ayolning sochi ko’kraklarni yopadigan bo’lish kerak. Ochiq hayosiz joylar bilan Olloh oldida turish yaramaydi, shuning uchun sen ham sochingni uzun qilib o’stir deyman, bolam.” dedi. Javobidan hayron qoldim, chunki o’zining sochlari oppoq, to’kilib ketganidan juda siyrak va kalta bo’lib qolgan.”Ie, unda sizning sochlaringiz deyarli yo’qku, endi nima qilasiz? Bor sochingiz bo’lsa faqat elkangizdan sal oshadi holos. Endi Hudoning oldida nima deb javob berasiz?” deya qiziqdim. Katta-Onam bo’lsa kulib:” Ehh, mana shu mening qizalog’im! Bir javobga qoniqib qo’ya qolmaydi. Nima deyin ekan, Hudo umrim bo’yi yahshi va yomon kunlarimda birga bo’lgan. Ishonamanki u albatta mening hech ham sochimni kesmaganimga shohid. Menimcha u meni kechiradi, nega desang, qarigandan keyin insonning tanasi ham qarib, sochlari, qancha uzun bo’lmasin to’kilib qoladi. Lekin Hudo sochingni avval kesmagansan deb kechirish hech gap emas.” deya tushuntirdi.
To’g’risi javobidan umuman qoniqmadim, savol ustiga savol bermoqchi edim, lekin ba’zida Katta-Onam ham ko’p savollarga javob topa olmay qolishini bilib indamay qo’ya qoldim.

Qizil Lavlagi eng sog’lom mahsulotlar turiga kiradi. Anchadan beri shu qizil lavlagini qo’shib non pishiraman deb o’ylab yuruvdim. Va nihoyat o’ylagan, kichik bo’lsada, niyatimga etdim. Albatta pishirib ko’ring, ayniqsa farzandlaringizga mazasi yoqadi. Nafaqat mazali, balkim juda ham sog’liqqa foydali.

Zutaten/Masalliqlar:

1) 
1 Glas (oder frisch gekochte) Rote-Beete/1 banka tayyor qizil lavlagi, yoki yangi qaynatilgani
1 Packung fertige Volkorn Brotmischung (500 gr)/1 pochka non uchun tayyor un (500 gr)
325 ml Wasser/Suv

2) Brotmischung einem Schussel geben und Rotebeete darauf klein schneiden. Wasser( ich habe das Wasser mit Rotebeetesaft gemischt) geben../Tayyor hamir uni bir idishga solinib, ustidan qizil lavlagi solinadi va suv (men suvga qizillavlagining idishdagi suvidan qo’shdim) aralashtirilib…

3)..lockeren Teig kneten und für 50 min an die Waremplatz legen/..yumshoq hamir qoriladi va 50 minutga issiq joyda tindiriladi

4) In Backform platzieren und 50-60 min in 220 C° backen/Hamir qolipiga solinib 220 C°da 50-60 minutcha pishirib olinadi.

YOQIMLI ISHTAHA :)
Geschrieben von Uzbekberry

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!