Home  >  Appetizers  >  120. Bruscetta Fungi

120. Bruscetta Fungi

Bismillahir Rohmanir Rohim

Wir haben von Freunden zum Hochzeitstag einen Gutschein von “Blind Dinner” bekommen. Es hat sich sehr interessant angehört. Erstmals war ich sehr sehr neugierig und habe mich ganz Doll auf den Abend mit meinem Mann gefreut. Wir haben einen Termin bekommen und sind wir hin gegangen. Bevor wir rein gehen durften, haben wir eine Menükarte bekommen und dürften wir schon vorher aussuchen, was wir essen wurden. Als wir dran waren, kam ein Führer, der war Blind, und hat uns zuerst an Vorzimmer geführt. Er hat sich kurz vorgestellt und informiert was wir gleich machen werden. Ehrlich gesagt, dann habe ich ein bisschen Angst bekommen. Er hat sich gedreht, mein Mann sollte sein Taille anfassen und ich mein Mannes. Wie ein klein Zug, sind wir rein ins Dunkel marschiert.  Es war so Stock Dunkel. Im Restaurant waren ein paar Leute, die haben geredet und gegessen. Ich konnte gar nichts, wirklich gar nichts sehen. Als wir die Gutschein bekommen hatte, habe ich dabei nichts gedacht oder es gibt ein bisschen schimmer Licht. Aber ich habe mich gewaltig getäuscht. 
Auf einmal habe ich keiner Luft mehr bekommen. Ich habe mein Mann ganz Doll umklammert und habe ich angefangen zu zittern. Ich habe aber kein Geräusch von mir raus gegeben. Aber der Führer hat sofort etwas gemerkt und hat abrupt stehen geblieben und sagte zu mein Mann: “Ich glaube, Ihre Frau hat Angst, ich merke wie sie zittert. Wenn es ihr nicht gut geht, dann am besten jetzt sagen.” Mein Mann hat sich zu mir gedreht. Ich habe mein Augen so Doll zugeknifft, als ob ich auf mache, glich irgendwo unendliche loch reinfalle. “Geht es dir nicht gut, dann sag jetzt. Wir gehen raus, das ist kein Problem, mein Schatz.” so mein Mann. Ich habe kurz überlegt und habe ausgemalt wie ich 3 Gang-Menü hier schaffen soll und damit haben wir unsere “Blind Dinner” unterbrochen. Schade, wir konnten den Gutschein nicht ersetzen oder tauschen.
An dem Tag war der Verfalldatum, so wir zu keinem weiten schenken könnten.
Ich habe einen leckeren Snack für meine Gäste vorbereitet. Die waren ganz begeistert und dachte mir, ich teile das Rezept mit euch. Ganz easy :)

To’y kunimizga hujayinning o’rtoqlari bir restarantga sovg’a kartasi (Voucher) beribdi. U restarant “Blind Dinner” yani “Ojizlar Kechki Taomi” deb nomlanadi. Nomidan, biror bir sarguzashtli, zo’r restarant ekan deb hursand bo’ldim. U er haqida eshitganim: Qopqorong’u, ojizlardek ovqatlanasiz, nima eyotganingizni ko’ra olmaysiz va hizmatchilari ham ojizlar hisoblanadi. Hullas bir kunni belgilab bordik. Bizning navbat kelguncha Taomnonamadan nimalar eyishimizni tanladik. Keyin bir boshlovchi kelib, o’zini tanishtirdi va bugun kechgacha bizning hizmatimizda bo’lishini aytdi. Sekin turib bir kichik honaga kirdik. Shunda e’tibor bersam, bizlarni boshlaydigan yigit ojiz ekan. Qaysi taomni qancha kutishimiz va nimalarga e’tibor berishimiz to’g’risida qisqa qilib tushuntirdi va ichkariga boshladi. Hujayinim uning belidan, men esa hujayinimning belidan ushlab, huddi kichik qator poezdlardek ichkariga qarab, qorong’ulikka yurdik. Ichkari shunaqangi qorong’u, tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada. Men boshida, bir tomchi bo’lsayam qaerdandir nur tushib tursa kerak degan hayolga boruvdim. Hech qanaqa nur yo’q! Boshqa mehmonlarning ovozi har tarafdan eshitiladi, kulib bemalol taomlarini tanovvul qilib o’tirishibdi. Bir vaqti nafas ololmay, qaltirashni boshladim. Uyalganimdan bildirmaslikka harakat qildim. Oldimda turgan hujayinim hatta sezmadi ham, lekin birdan to’htab, u yigit biz tomon o’girildi (ovozining to’lqinidan o’girilib gapiryotganini sezdim) va “Kechirasiz, lekin menimcha rafiqangizni mazasi bo’lmayotganga o’hshaydi, negadir qaltirayapti. Bu tabiiy holat, ko’pchilik qo’rqishadi. Agar shunday bo’lsa, hozirdan aytib qo’ya qoling. Yana qaytarib chiqarib yuborishga yordamlashaman.” dedi. Hujayinim menga o’girilib:”Agar rostdan mazang qochayotgan bo’lsa, bemalol aytaver, qaytib chiqib ketamiz.” dedi. Bir oz o’ylanib qoldim. Bir tarafdan nafas etishmay qo’rqib ko’zimni qattiq yumib olganman, huddi ochsam keti ko’rinmas chuqurlikka tushib ketaman deb. Bir tarafdan 3 ta ketma-ket keladigan taomni qachon eb ulgurar ekanmanu, qachon chiqib ketamiz desam, bir tarafdan sovg’ani shunday tashlab chiqib ketayotganimizga ichim achiydi. Hullas meni qo’rquv engdi va ahiyri timirskalanib qorong’ulikdan tez-tez chiqib ketdik.

Yo, Olloh! Ojizlarga qanchalik qiyin ekanini tasavvur ham qila olmas ekanmiz, tushunamiz, o’zimizni ularning o’rniga qo’yib ko’ramiz deymizu, lekin ular yashayotgan dunyoda 1 daqiqa ham tura olmas ekanmiz. To’rt muchalimiz sog’ bo’lib yaralganimizga beadad shukrlar bo’lsin ekan! Shu qatorda ojizlarga Yaratgan egamdan eng KATTA sabrni tilab qolaman.

Zutaten/Masalliqlar:

1 Dose oder frische Champinions/1 konservalangan yoki yangi qo’ziqorin
1 Bund Lauchzwiebeln/1 bog’ ko’k piyoz
1 Bauguette / 1 Baget yoki boshqa turdagi non
Salz, Pfeffer und Öl zum braten/Tuz, murch va qovurishga yog’

1) Champinions in Öl braten/Qo’ziqorin yog’da qovuriladi

2) Lauchzwiebeln klein schneiden/Ko’k piyoz mayda to’g’raladi

3) Lauchzwiebeln mit Champinions braten, Salz und Pfeffer zufügen/Ko’k piyoz qo’ziqorinlar bilan birgalikda qovuriladi, tuz hamda murch solinadi

4) Und fertig gebratene auf das Bauguetts mit dem Löffer verteilen/Tayyor masalliqani qiya qilib  kesilgan bagetlarning ustiga solib chiqiladi

YOQIMLI ISHTAHA !!!
Geschrieben von Uzbekberry

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!