Home  >  Soups  >  111. Zucchinisuppe / Kabachok sho’rvasi

111. Zucchinisuppe / Kabachok sho’rvasi

 Bismillahir Rohmanir Rohim



Einmal war mir so peinlich! Ich habe damals ein Lyzeum in Taschkent besucht. Es war nicht einfach für meine Eltern. Sie wohnen in Samarkand und müssen 2 Kinder, die in Taschkent studieren, auch mit unterhalten. Es war Herbst und meine Winterschuhe sind kaputt gegangen. Ich hatte kein andere Schuhe außer einen mit glitzernde, wenn man ausgeht, dann zieht man die auch an. Ich habe lange überlegt und habe mich entschieden die Schuhe anzuziehen und zur Lyzeum gehen. Als ich auf dem halben Weg war, habe ich t auf einmal einen Absatz verloren. Ohh mein Gott!!! Da standen sehr viele Menschen und warteten auf den Bus. Oh, mir war so gemein peinlich! Ich habe mich gedreht und habe geweint! Ich habe geweint, weil ich gar kein Geld hatte, ich habe geweint, weil ich keine Anderen Schuhe hatte und ich habe geweint, weil ich die Unterricht und die Prüfungen verpasste!
Die Tanten, die in Taschkent wohnten, würden mir niemals Geld ausleihen. Also, mein Bruder hat meinen Eltern angerufen und nach dem Geld gebetet. Mein Papa wollte mit dem nächsten Gehalt sofort zu uns kommen. Aber das wird dauern, bis sie kommen. Wir haben uns überlegt, was wir machen werden. Entweder Schuhe kaufen und gar keinen Essen mehr oder es musste einen Anderen Weg geben.
Ich hatte eine Bekannte im Basar. Sie hat “Peraschki”, frittierte Teigfüllung verkauft. Ich habe sie angerufen und nach Geld gefragt. Sie sagte, sie hat auch keins aber sie kann von ihrem Chef nach einer Arbeit fragen. Gut, es ist besser, wenn ich etwas Geld verdiene und bis meine Eltern  kommen, kaufe ich mir meine eigenen Schuhe. Ich habe mich für 2 Wochen krankschreiben lassen. ich hatte sowieso keine andere Wahl. Ich bin zum Basar mit meinem Bruder Schuhe gegangen und habe angefangen zu arbeiten. Mein Arbeitsplatz liegt genau dort wo meine ganze Klassenkameraden durch gehen oder kommen. Ich habe meine Gesicht ganz zugedeckt und angefangen “Perashki” zu verkaufen! Ich habe meine Lehrerin  und ein paar Freunde sehen, aber Gott sei Dank, sie haben mich gar nicht erkannt. So habe ich 2 Wochen ununterbrochen 12 Std. am Tag gearbeitet und am Ende habe ich mir meine Ersten, eigenen Schuhe gekauft! Und damit bin ich stolz zu Lyzeum gegangen. 
Wenn ich immer meine Schuhe anschaute, lächelte ich. Das war ein wunderschönes Gefühl einen richtigen Schuhe zu haben und mit eignem Geld!

Bir marta rosa uyatli bo’ldim!
O’sh paytlari men Toshkentda litseyda 2-chi kursda, akam esa Universitetda o’qirdi. Kuz fasli edi, etigim yirtilib, umuman tikilmaydigan ahvolga keldi. Nima qilishni bilmayman. Yaltiroq, to’ylarga kiyadigan tuflidan boshqa hech narsam yo’q. O’shani uyat bo’lsayam kiyay, darslardan qolmayin deb kiyib yo’lga chiqdim. Yarim yo’lda, astanovkaga etishim bilan poshnasini yo’qotib qo’ysam deng!
Juda ko’p odamlar turgan edi, hamma menga qarasa! Er yorilmadiyu, erga kirmadim! Chappa burildimda shunaqa yig’ladim: Pulim yo’qligiga, boshqa tuflim yo’qligiga va hammasidan ham darslardan qolayotganimga alam qilib rosa yig’ladimda, oqsoqlanib uyga qaytdim. Akam bilan birga nima qilishni o’ylab ko’rdik. Toshkentdagi yashayotgan holamlardan ikki dunyoda bir chaqa chiqmasligi aniq. Akam uyga telefon qilib ota-onamga habar qildi. Otam, oyligini olishi bilan bizga qarab uchib kelishini aytdi. Lekin ungacha ancha kun bor edi.
Bir tanishim bozorda perashki sotadi, o’shandan qarz so’rab turdim. U tanishim, qarz bera olmasligini, lekin hujayinidan menga ish so’rashini aytdi. O’lylab qarab, 2 haftacha bo’lsayam ishlab, ota-onam kelguncha tuflimni o’zim olishga qaror qildim. Hullas 2 haftaga o’zimni kasal yozdirdim(boshqa ilojim ham yo’q edi) va akamning katta botinkasini kiyib perashki sotishga chiqdim. Perashki sotadigan joy litseyga yaqin, hamma o’qituvchilar va kursdoshlarimni shundoq har kuni ko’raman. Ular meni tanimasin deb butun yuzimni yashirib, bostirib ro’mol o’rab oldim. Men ularni ko’ramanu, ular meni tanimaydi. Shu ahvolda ikki hafta to’htovsiz 12 soatlab har kuni ishladim va ohirida bergan puliga akam stependiyasidan bir oz qo’shdi, borib “Otchopar”dan chiroyli qalin qishgi etik sotib oldim. Birinchi bor o’z mehnatim bilan topgan pulimga olgan narsam juda qadrli ko’rinib kedi va dushanbadan yana darsga qatnay boshladim. Darsda o’tiramanu, etigimga qarab hursand bo’lib ketaman! Ha, talabalik yillari shunaqa og’ir bo’lar ekan. Lekin sabr tagi oltin deb bekorga aytishmagan :)
 Zutaten/Masalliqlar:

2-3 Zucchini/Kabachok
2 Zwiebeln/Piyoz
2-3 Lauchzwiebeln/Ko’k piyoz
Knoblauch Zeh/1 ta Sarimsoq boshi
300 ml Wasser/Suv
Öl, Salz, Pfeffer/Yog’, Tuz va Murch

Zwiebeln grob schneiden, mit Öl braten und Knoblauch Zeh zerdrucken/Piyozlarni katta-katta qilib to’g’rab, yog’da qovurib, sarimsoqni ezib birga qovurasiz
Zucchini waschen und grob hacken/Kabachokni yuvib, to’g’raysiz…
..und alles zusammen braten und dann Wasser giessen und 10 min. kochen bringen /birga qovurib keyin suv qo’shiladi va 10 minutcha qaynatiladi
Dann mit dem Gerät pürieren/Keyin pure qilgich moslama bilan ezib chiqasiz.
Sieht so aus/shu ko’rinishga keladi
Viola :) Yoqimli ishtaha!!!
Geschrieben von Uzbekberry

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!