Home  >  Macarons  >  109. White Russian Macarons (o’zbekchada)

109. White Russian Macarons (o’zbekchada)

 Bismillahir Rohmanir Rohim

Hozirgi yozmoqchi bo’lgan maqolam aynan holamning farzandlari yoki birorta shahsga emas, balkim umumiy ommaga ta’luqli.
Har doim uyda, umuman O’zbekistonga borganimda deyarli lozim-ko’ylakda, ro’mollarda yuraman. Hech ham ortiqcha, “evropacha” kiyinib yurmayman. Sababi oddiy: men qishloqda tug’ilib, qishloqda o’sganman. Ko’rpachamga qarab oyoq uzatmasam uyat bo’ladi. O’tgan safar uyga borganimda, holam tug’ilgan kunini nishonladi. Holam haqida ikki og’iz so’z: Holamning 8 ta farzandi bor, 4 o’g’il 4 qiz. Shulardan 7 tasi Toshkentda istiqomat qiladi. Holam va pochcham bechoralar qishloqda mo’ltillab qolishgan.
Hullas tug’ilgan kuniga bizlarni ham taklif qildi. Oddiy ko’ylak-lozimdaman. Uyga kirib holamni tabrikladim va mehmonlar qatoridan joy olib erga o’tirdim (bizlarda stol-stuli bo’lishiga qaramay hamma erda o’tirishadi). Qizlari birin ketin kirib qolgan mehmonlar bilan so’rashib chiqishdi. Kichkinasi mening yonimdan joy olib o’tirdi. To’g’risi holamning farzandlarini ko’rmaganimga ancha bo’lgan ekan. Ularning bu darajada o’zgarib ketishi, bu darajada tillari, yani shevalarining o’zgarib ketganiga aqlim hech etmaydi. Endi kiyib olgan kiyimlari haqida umuman gapirmasak ham bo’ladi! U-bu narsalardan hamgona qilib, dasturhondagi qatiqni ko’tarib endi ichayotsam, bo’lam (bizlarda opa-singillarning farzandlarini shunday deb chaqirishadi): “Nimeee hariplarga o’hshab kiyinib obsiz?! Mundo ochilib-chochilib yurmiysizmi?! Eriz palon joydan, pulingiz bo’lsa, mundo tillaladan taqiibbbbbbbb, yarqillab yurmiysizmi?! Mana man, erimni qancha topishiga qaramasdan eng chiroyli, eng oldindagi, eng zo’r modadagi kiyimlarni sotib olaman. Hozir deyarli har kuni salonga, chochimni to’g’irlatishga borvomman. Manikyur-pediyurlarniku yondirivomman. Ayol kishi baribir o’ziga qarash kerede, bo’lajon!” desa, ichayotgan qatig’imga tuyulib qolsam deng.
To’g’risi, nimaga viloyatliklar Toshkentga borib qolsa, darrov tillarini o’zgartirishar ekan, hech aqlim etmaydi. Hammasiyam emasku, lekin juda ko’p ko’rgan va eshitganman. Men ham Toshkentda qisqa-uzun qilib 6-7 yil yashabman, lekin Toshkentcha shevada gapirish umuman hayolimga kelmabdi.
Men Toshkentliklarning shevasini yomonlamoqchi emasman. Aksincha, hamma joyning shevasi o’ziga hos chiroyli. Hamma joyning shevasini hamma ham gapira olmaydi. Men demoqchimanki, Toshkent shevasi faqat toshkentliklarga yoki toshkentda tug’ilganlarga yarashadi. Viloyatdan kelganiga ikki yoki uch kun bo’lmasidan votti-vottilash bu juda kulguli tuyular ekan. Keyin Toshkentliklarga taqlid qilib kiyinishga harakat qilishadi, lekin hali hech ham Toshkentliklarning bu darajada yomon Tabi borligiga ko’zim tushgani yo’q. Nega biz, viloyatliklar shunaqa ahmoqona qiliqlar qilar ekanmiz, tushumayman. Holamning qizlar, nafaqat ular, balkim boshqa ko’rgan tanishlarim toshkent shevasida gapirishga harakat qilishadiyu, lekin baribir qaysidir so’zidan umuman qishloqdan kelib chiqqani ma’lum bo’lishadi. Toshkentliklarga o’hshab kiyinishga harakat qilishadiyu, lekin ohirida baribir o’hshamaydi.
Holamning qizining gapiga rosa jahlim chiqdi: “Ahmoqmisan?! Kelib chiqqan joying qishloq bo’lsa, ota-onangni olib borib aylantirishga uyalsang, yana nimangga katta ketasan?! Votti-vottilaysan! Umuman qishloqi ekanliging shundoq ayon. Menga kelsak, men ko’rpachamga qarab oyoq uzataman, qaerdan kelib chiqqanimni hali esimdan chiqarganim yo’q!!!” deb urushib berdim.
Yana bir bor takrorlayman, bu gap hammaga ham tegishli emas. Balkim ba’zi bir viloyatliklarga. Bu erda o’zimni maqtash uchun emas, balkim tubdan o’ylab,  nega shunaqa qilar ekanmiz degan hayolda mana shu maqolani yozayapman.
O’zimning jiyanlarim ham toshkentcha gapirishadi, lekin ular o’sha erda tug’ilib o’sayapti va bog’cha-maktabga o’sha erda borishayapti.
 Men qishloqqa borsam, boshqalar o’zlarini noqulay his qilmasin deb, avvalgi holimda, yani ko’p so’zlarga “j”ni qo’shib, g’irt qishloqcha gapiraman. Bitta ikkita misol: Yahshi juribsanma? Bor, betingni juvip ke (qishloqdagi jiyanimga shunday deyman:) ) Keyin, qishloqdagi suhbatdoshim ham o’zini boshqacha engil his qiladida, qanday bo’lsa shunday gapiradi. Ba’zida mening tilim nega o’zgarmaganiga hayron bo’lishadi. Nega o’zgarsin?! Qanday o’zgarsin?! Boshqacha shevada gapirish, yoki o’zimni ulardan ustin qo’yish, evropacha kiyinish- bular umuman hayolimga sig’maydigan narsalar. Balkim kimlardir uchun haripdirman, lekin men qishlog’im oldida, hamqishloqlarim oldida, vijdonim oldida tabiiy qizman va shundayligimcha ham qolaman.

Ko’rpachaga qarab oyoq uzat degan maqolda juda ko’p sir bor :)

Yana Macaron pishirdim. Bu safar faqt o’zbekcha qilib, yotig’i bilan tushuntirishga harakat qilaman. Bodom kukuni va shakar pudrasi elakdan o’tqazib, keiyn keyin torozida torting.


Masalliqlar:

35 gr tuhum oqi
50 gr bodom kukuni
80 gr shakar pudrasi
8 gr (1 pochka) vanilniy shakar

Kremi:

Tayyor krem, nutelle yoki shunga o’hshash krem ishlatilish mumkin. O’zingiz tayyorlamoqchi bo’lsangiz mana bu erda: http://uzbekberry.de/90-yellow-macarons/

Tuhum oqi ko’pirtiriladi, ko’pigandan so’ng vanilniy shakar qo’shiladi.
Bodom kukuni va shakar pudrasi 3 ga bo’lib sekin-sekin solib aralashtirasiz.
Mana shu massaga kelguncha.

Masalliqni mahsus selafanga solishdan oldin men har doim stakan ishlataman. Chunki massani solishga juda qulay.

Ko’rayotgan mahsus formani amazon.de dan zakaz qildim, juda yahshi ekan. Lekin buni o’rniga oddiy qog’oz ishlatilsa ham bo’laveradi.
Kichkina shaklda qisib chiqarng,, iloji boricha hammasi bir hil yumaloq shaklda bo’lsin.
Hohlagan tarzingizda bezashingiz mumkin. Bazida sezam solaman. bu safar esa yurakchali bezakdan foydalandim
To’ppa-to’g’ri 13 minut dam olishsin.
Keyin 150 C° da 12-13 minut pishirib oling. Men bunisiga etibor bermabman, 16 minut bo’lib ketibdi shunga sal qorayibdi.
Bu safar men tayyor kremdan ishlatdim. Sizda tayyori bo’lmasa mana shu erdagi kremni tayyorlab ko’ring: http://uzbekberry.de/90-yellow-macarons/

VIOLA :) YOQIMLI ISHTAHA!!!
Geschrieben von Uzbekberry

Comments (11 comments)

  • 14. August 2014 at 06:32

    salom Lobar, men ham birinchi bor tayyoröaganimni ko’rganizda, yig’lab yuborardingiz. 3-4 martadan keyin qo’lim o’rgandi. Judayam nozik retsept, lekin qayta qayta tayyorlayversangiz zur chiqadi. Ishoning!

  • Anonymous
    8. August 2014 at 18:21

    lekin turchak macaronilarimni mazasiga gap yuq. lobar

  • Anonymous
    8. August 2014 at 18:18

    hammani ham qulidan kelsin ekan huddi shunaqa tayorlagandin . gramga ham torgandim negadir shishmadi, huddi urik turshakka uxshab qoldi nimani hato qilibma

  • Anonymous
    8. August 2014 at 18:14

    salom retsep uchun katta raxmat / man shunaqa macarons tayorladim kursayayiz shu mani retsepimmi deysiz .

  • 1. Juli 2013 at 14:10

    Salom “Anonym” :) Kommentlar uchun rahmat. Albatta mening yordamim tekkan bo’lsa juda hursandman. Tashrifingiz uchun rahmat!

  • Anonymous
    30. Juni 2013 at 12:30

    Rezeptlaringiz menga juda maqul keladi,meni sizchalik gayratim yuq pishirishga.Lekin Nutellali tortingizni bir tugilgan kunga qilib berdim va hammaga juda yoqdi. Rahmat

  • Anonymous
    30. Juni 2013 at 12:26

    Fikringizga qushilaman Gulshoda.Men ham Toshkentda uqib yurgan paytlarim bir ikki viloyatdan kelgan kursdoshlarim Toshkent shevasida gapirishga harakat qilishardi.Men ham juda hayron bulardim ushanda.Bunga juda kup sabablar bor menimcha.Lekin ushanda bazi-bir Toshkentliklarimizga ham hayron qolardim.Uzlarini katta olishga va viloyatliklarni mensimaslikka harakat qilishardi. Bunga javoban kupchilik viloyatliklar miyigida kulish bn kifoyalanar edi.Lekin bazi bir viloyatliklarga bu kattaroq tasir qilib,himoyalanishni boshqa turiga utib ketishardi.Shu himoyalanishning bitta turi usha kelib chiqishini yahshirish. Halqimizda bir maqol borku : “Kasalni yashirsang,isitmasi oshkor qiladi”-degan

  • Anonymous
    12. Juni 2013 at 16:58

    Hi, i feel that i notiсeԁ уou visiteԁ
    my web ѕite thus i got here to return
    the favor?.Ӏ’m attempting to to find things to enhance my site!I assume its adequate to make use of a few of your ideas!!

    Check out my website Red Kings Poker Bonus []

  • Guli
    12. Januar 2013 at 19:33

    Otlichnaya stat’ya Gulshoda! Ya s vami polnost’yu soglasna, v pervuyu ochered’ mi ne doljni zabivat’ svoi korni!

  • 29. Oktober 2012 at 07:40

    Salom Husnora! Facebookda bir toshkentlik qiz bodomni o’zini po’stini ivitib, archib, qurutib qo’l bilan maydalabdi. Endi bu qanchalik ish ekanini tasavvur qilayapman. Agar qiyin demasangiz balkim shunaqa qilib ko’ring. Sizlarda, balkim kattaroq supermarketlarda bordir. Yoki internetdan buyurtma berishning iloji yo’qmikan?

  • 26. Oktober 2012 at 14:11

    Hamma joyni o’zini odati va madaniyati bor, odam o’sha yashab turgan joyiga moslashishni bilish kerak, shu bilan birga o’zligini ham esdan chiqarib yuborishi kerak emas. Sharoitga qarab ish tutishi kerak.
    Bodom uni bizni qishloqlarda yo’q, qanaqa qilsa bo’ladi uni? Oldin yozgan bo’lsez link bervoring.

Hinterlasse ein Kommentar

error: Das Speicher der Medien ist untersagt !!